3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog’liqdir. Jahon xufiyona iqtisodiyotida bank va korporativ sohalardagi moliya¬viy iqtisodiy jinoyatlar, narkobiznes, fohishalik, «tirik tovar bilan» savdo qilish, pornobiznes, noqonuniy qurol savdosi, «iflos pullarni yuvish», korrupsiya yetakchilik qiladi. Masalan, XX asr oxirida xalqaro hamjamiyat «global muammo» deb atagan korrupsiyadek murakkab va jiddiy muammo xalqaro uchrashuvlarda muhokama mavzuini tashkil qildi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikka milliy-davlat manfaatlari¬ning amalga oshirilishida izchillikni, xo‘jalik yurituvchi subyekt¬larning barqaror faoliyatini, aholining hayoti va faoliyati uchun normal sharoitni saqlash qobiliyati sifatida qarash lozim. Milliy iqtisodiy xavfsizlik xavf-xatar hamda iqtisodiy manfaatlarga bo‘ladigan tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish tizimini yaratish borasidagi harakatlar majmuidir. Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyodagi 150 dan ortiq davlat tan oldi. O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok eta boshladi. Jumladan, O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi quvonarli holdir. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va mazkur tashkilot doirasida dunyo dengiz portlari, mamlakatlararo transport tarmoqlari, jahon tovar va capital bozorlariga chiqish imkoniyatini beradigan xalqaro yo‘llarni qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim. Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000- yil 15- noyabr konvensiyasi; – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 2003- yil 31- oktyabr konvensiyasi; – Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999- yil 9- dekabr xalqaro konvensiyasi. Evropa Kengashi va Evropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: – Evropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘ri-sidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999- yil 27- yanvar); – Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Evropa Ittifoqi¬ning pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002- yil 8- fevral). Muammoning butun dunyoda dolzarbligini anglash korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tizimi yaratilishiga turtki berdi. Ushbu sohada xalqaro-huquqiy mexanizmning shakllanishi korrup¬siya¬ga qarshi kurashning aniq muammolari bo‘yicha aktlardan, davlat va jamiyat hayotining ayrim sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy vosita va vazifalardan tortib to BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha universal konvensiya-sigacha (2003- yil 31- oktyabr) bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. MDH hujjatlari orasida «Korrupsiyaga qarshi siyosatga doir qonun¬chi¬lik asoslari to‘g‘risida»gi model qonunini ta’kidlab o‘tish lozim (2003- yil 15- noyabrda MDH PAning XXII yalpi majlisida qabul qilingan). Noqonuniy daromadlarni legallashtirish (oshkoralashtirish)ga qarshi kurash choralarini amalga oshirish uchun pullarni «yuvish» muammolari bo‘yicha maxsus moliyaviy komissiya (FATF) tashkil etilgan edi. Uning tarkibi¬ga Evropa, SHimoliy Amerika va Osiyoning asosiy moliyaviy markazlari vakillari kirgan. Ushbu hukumatlararo tashkilot 1990- yilda «Pullarni yuvish muammolari bo‘yicha qirqta tavsiya»ni tayyorlab, jahon jamoatchi¬li¬giga taklif etgan. 1996- yilda bu tavsiyalar o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan tajribani hamda pullarni «yuvish» sohasida yuz bergan o‘zgarish-larni hisobga olish uchun qayta ko‘rib chiqildi. 2002- yilda FATFning tavsiyalari terrorizmni moliyalashtirishga bog‘liq operatsiyalarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasalar uchun qabul qilindi. Barqaror iqtisodiy o‘sish va xavfsizlikni ta’minlash hamda jahon xo‘jalik tizimida mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish uchun qyidagi makroiqtisodiy shart-sharoirtlar yaratilishi lozim bo‘ladi: yillik inflyatsiya darajasini 3-4 foizga tushirish; iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada pasaytirishga erishish; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash; bank tizimi va iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni davom ettirish; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish asosida iqtisodiyotda davlat ulushini 15-18 foizgacha kamaytirish, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga erishish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 60foizga yetkazish; erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish; davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirib boorish orqali iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlarini uyg’unlashtirish; intitutsional islohotlarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni ma’muriy asosda boshqarishdan voz kechib, uni iqtisodiy vosita va dastaklar orqali tartibga solish mexanizmini shakllantirish. Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 1) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi; 2) xalqaro hamjamiyatda AQSH yetakchiligidagi rivojlangan mamlakat-larning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi; 3) xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovar¬larni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda. Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyat¬chi¬lik – kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj mani¬pulyasiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi. Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat jihatdan yangicha hodisa. Bu korrupsiya, jinoiy qatlamlar va davlat apparati¬ning birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik mamlakatlararo iqtisodiy munosabat¬larni aks ettiruvchi hamda milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanuvchi murakkab iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi Shu jihatdan ham milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, barqarorligi, doimiy yangilanish va o‘zini takomillashtirib borishga inti¬li¬shini ta’minlovchi shartsharoitlar va omillar majmui sifatida e’tirof etiladi. Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari va davlat xizmatchi¬larining ish haqi davlatga eng malakali mutaxassislarga ega bo‘lish uchun kurashda iqtisodiyotning xususiy sektori bilan raqobat qilishga imkon berishi kerak. Amaldor mehnatiga yuqori darajada haq to‘lansa, u ishini yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq muqobil xarajatlar xizmat mavqeidagi g‘ayriqonuniy foydalanish orqali oladigan foydasidan ortiq bo‘ladi. Ya’ni «biznes»ning ushbu turi salbiy foyda keltirib, o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan bo‘lar edi. Ammo ko‘pchilik korrupsiyani eng quyi darajaga yetkazish uchun amaldorlar ish haqini ancha oshirishga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashning faqat shu yo‘lidan foydalanadigan bo‘lsa, bu mamlakat byudjetiga qimmatiga tushishi va qo‘yilgan maqsadga erishilmasligi mumkin.