Psixologiya fakulteti



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə1/6
tarix28.09.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#150004
  1   2   3   4   5   6
O`zbеkistonda iqtisodiy xavfsizlikka bo`ladigan tahdidlarning oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI



PSIXOLOGIYA FAKULTETI


SIRTQI BO’LIMI


IQTISODIY XAVFSIZLIK
FANIDAN
MUSTAQIL ISH


Mavzu: O`zbеkistonda iqtisodiy xavfsizlikka bo`ladigan tahdidlarning oldini olish borasida chora-tadbirlar


924-guruh talabasi: Salohiddinov Saidazimxon


Qabul qildi: NARKUZIYEV A
Jizzax-2023
Reja:
Kirish

  1. O`zbеkistonda iqtisodiy xavfsizlikka bo`ladigan tahdidlarning oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi.

  2. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘rsatkichlari.

  3. Digital Economy and Society Index (DESI) va World Digital Competitiveness (MDC) ko‘rsatkichlari.

  4. Networked Readiness Index (NRI) va Digital Evolution Index (DEI) ko’rsatkichlari xususiyatlari.

Xulosa


Kirish
Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin