1.2. Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati
Bilish – fаlsаfа fаnining fundаmеntаl uslubiy bo‘limi bo‘lib, оb‘еktiv bоrliqni insоn оngidа аks etishining o‘rgаnilishini o‘rgаtаdi. Iqtisоdiy tаhlilning uslubiy аsоsi sifаtidа bilish nаzаriyasini ko‘rsаtish mumkin.
Iqtisodiy tahlil dialektikani o‗rganishning muhim vositasi hisoblanadi. Bilish nazariyasining mantiqiyligi dialektik tarzda quyidagi formulada aks etadi, ya‘ni: jonli mushohada, abstrakt tafakkur, amaliyot. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bilish ham uch bosqichli bilish nazariyasiga asoslanadi. Bunda jonli mushohada bosqichida xo‗jalik yuritishni bevosita iqtisodiy axborotlar tizimi orqali idrok qilinadi. Bu o‗rinda iqtisodiy axborotlar tizimiga shunday talablar qo‗yiladiki, bular bilish nazariyasining ikkinchi bosqichi - abstrakt tafakkurga ko‗p jihatdan bog‗liq. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda barcha jarayonlarni tafakkur kuchi bajaradi. Iqtisodiy hodisalarni o‘rganish jarayonida dialektik bilish usuli - analiz va sintez, deduksiya va induksiya usullaridan foydalaniladi (1.1-rasm).
Iqtisodiy xodisalarni o’rganishda qo’llaniladigan dialektik bilish usullari
Iqtisodiy hodisalarni o‘rganish jarayonida analiz va sintez usuli bigalikda harakat qiladi. Tahlil jarayonida deduktiv va induktiv usullar ham qo‘llaniladi.
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti Har qanday fanning vujudga kеlishi uchun hayotiy zarurat tug
‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror kishi yoki vazirlikning ijod mahsuli bo
‘lib
qolmasdan, balki ob
’yеktiv jarayonga tayanadi.
Хo
‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko
‘p asrlik tariхga ega bo
‘lgan buхgaltеriya hisоbi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kеlgan,
buning uchun esa ob‘yеktiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Korхonalarni to
‘g
‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaхshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish хo
‘jalik faoliyatini chuqurroq o
‘rganishni talab etdi. Bu esa buхgaltеriya balansi va boshqa
hisobotlarda ifodalangan ba‘zi ko
‘rsatkichlarga izoh bеrishni talab qildi. Bular esa o
‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kеlishi uchun ob
’yеktiv asos bo
‘lgan.
Fanning predmeti, deganda shu fanda nima o‗rgatilishi tushuniladi. Har qanday mustaqil fan o‗zining predmetiga ega.
Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma‘noda qaraydigan bo‗lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan ob‘ekt (korxona, birlashma,
kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, konsern, korporasiya kabilar) xo‗jalik faoliyatining barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologii va h.k.) o‗z ichiga oladi.
Iqtisodchi olimlarning fikricha: ―Tahlil fani xo‗jalik faoliyatida sodir bo‗layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‗z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo‗lish paytini emas, balki uning natijasini o‗rganadi‖
1.
Ob‘ektda sodir bo‗ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‗zda tutilgai
ma‘lumotga
asoslansa, jarayonning sodir bo‗lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug‗ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma‘lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‗z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xo‗jalik faoliyatida ob‘ektiv (tashqi) va sub‘ektiv (ichki) omillar ta‘sirida sodir bo‗lgan, bo‗layotgan va bo‗ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma‘lumotlar manbaida ifodalangan ko‗rsatkichlar tizimi (sistemasi) orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‗llarini ishlab chiqishni o‗rganishdan iboratdir.
Tahlilning predmetida ob‘ektiv (tashqi) va sub‘ektiv (ichki) omillar alohida o‗rin tutadi, chunki iqtisodiy jarayonlar o‗zo‗zidan sodir bo‗lmaydi. Ular ma‘lum ichki va tashqi omillar ta‘siri ostida ro‗y beradi. Shu omillar ta‘sirini boshqa fanlar o‗rgatmaydi. Bu faqat tahlil fanida o‗rganiladi va uning predmetining asosini tashkil qiladi. Shuningdek, xo‗jalik faoliyati natijasiga to‗g‗ri
baho bermasdan, unga ta‘sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o‗rganmasdan turib ko‗zda tutilgan maqsadga erishib bo‗lmaydi.
Shu tufayli tahlil fani predmetining markazida ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarni o‗rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas.
Juda ko‗p iqtisodiy fanlar mavjud. Lekin ularning ichida tahlil fani xo‗jalik faoliyatining natijasiga odilona baho bera oladi. Undagi ijobiy va salbiy o‗zgarishlarga omillar ta‘sirini aniqlaydi. Shularga asosan xo‗jalik faoliyatini yaxshilash yo‗llarini ishlab chiqadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo‗lganligi uchun ham uning predmetida natijaga to‗g‗ri baho berish va yaxshilash yo‗llarnni ishlab chiqish tegishli o‗ringa ega.
Har qanday fanning ob‘ekti bo‗lishi lozim. Fanning ob‘ekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‗rsatadi. Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‗p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarnnng xo‗jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli iqtisodiy tahlil fanining ob‘ektiga davlat, jamoat tashkilotlari, korporasiyalar, trestlar, birjalar,
korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar va boshqa xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar kiradi.