Uchinchidan, konlarning ko‘pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya ko‘p miqdorda foydali komponentlar chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi;
To‘rtinchidan, ko‘pgina foydali qazilma konlari yaxshi o‘zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan hududlarda joylashgan. Ular qulay transport infratuzilmasiga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mineral-xom ashyo resurslari ham ichki, ham tashqi bozorning iste’mol obyekti bo‘lib hisoblanadi. Shu tufayli, tog‘-konsanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar milliy iqtisodiyotni quyidagi muammolarini yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:
• xalq xo‘jaligi talabini an’anaviyturdagi mineral-xom ashyolar bilan to‘liq ta’minlash;
• tashqaridan kirib kelayotgan mineral-xom ashyolar o‘rnini to‘ldirish;
• milliy xo‘jalikning yangi sohalarini xom ashyo bilan ta’minlash;
• ekologik vaziyatni (kimyoviyo o‘g‘itlarni tabiiy o‘g‘itlarga almashtirish) va sanitar-gigiyenik vaziyatni (yod, brom, shifobaxsh minerallar) yaxshilanishini tashkil etish;
• tashqi bozorni o‘zlashtirish va ijobiy savdo balansini tashkil etish.
Shulardan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat mineral-xom ashyo bazasini mustahkamlashda ulardan samarali va oqilona foydalanilishi lozim.
Aksariyat konlarning bir-biriga yakin joylashganligi va uchraydigan foydali qo‘shimchalarni qazib olish mumkinligi obyektlarning ahamiyatini ancha oshiradi. Ammo mineral-xom ashyo negizini rivojlantirishda katta imkoniyatlar borligiga qaramay, bu sohada kupgina muammolar ham mavjud.
Keyingi yillarda jahon bozorida oltin va boshqa rangli metallarning narxi juda pastlab ketdi. Bu hol energetika xom ashyosiga ham taalluqlidir. Bunday sharoitda faqat yuqori sifatli, ya’ni tarkibida foydali qo‘shimchalar miqdori ko‘p, ishlatish sharoitlari va ma’danlarni qayta ishlash usuliga ko‘ra texnologik jihatdan ilg‘or va ekologik ta’minoti yuksak darajada bo‘lgan mineral xom ashyo zahiralari raqobatbardosh bo‘lishi mumkin.