3.Mineral xom ashyo resurslarini xududiy joylashuvi, ularni iqtisodiyotda tutgan o‘rni. O‘zbekiston asil va nodir yer metallarining eng yirik resurslariga ega mamlakatlar qatoriga kiradi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin konlari topilgan, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, Turbay va boshqa joylardagi konlar o‘rganilmoqda.
Qo‘rg‘oshin - ruh metallarining aksariyati Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatidagi Xondiza konlarida joylashgan. Yoqilg‘i energetika resurslaridan bo‘lmish neft va gaz konlari Farg‘ona viloyati Shimoliy Suxda, Andijon viloyatida Janubiyolamushuk, Polvontosh, Chengara, Chimyon, Sho‘rsuvda joylashgan.
Mamlakatda 2012 yilda 3,4 mln. tonna neft va 55,6 mlrd. kub. m. qazib olindi. Tabiiy gaz qazib oluvchi yirik mamlakatlar ichida 22-24 o‘rinlarni, tabiiy gaz bo‘yicha esa 5-6 o‘rinlarni egallaydi. Mamlakatimiz aholi jon boshiga hicoblaganda elektrenergiya (1900 kVt/c), mineral o‘g‘itlar (37 kg), sement (140 kg) ishlab chiqarish bo‘yicha ham jahon mamlakatlari ichida munocib o‘rinlarni egallaydi.
Mineral suv resurslari mamlakat hududining litologik jinslar majmuida muayyan miqdorda yer osti suv zahiralari mavjud. Yer osti suvlarining(shifobaxsh) 100 ga yaqin istiqbolli chashmalari o‘rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, mamlakat yer osti suvlarining o‘rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 1000 m3 ga teng.
4.Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari boshqa mamlakatlardan o‘zining juda katta zahiralari bilangina emas, balki quyidagi bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:
Birinchidan, tabiiy va mineral-xom ashyo zahiralari yirik konlarda to‘plangan bo‘lib, ularni qazib olingan joyning o‘zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;
Ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko‘pgina turlari tarkibida foydali komponentlar yuqori darajada bo‘libgina kolmay, katta miqdorda yo‘ldosh elementlarga ham ega;