2.Mineral xomashyo resurslarining iqtisodiy ahamiyati. O‘zbekistonda Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga kelib respublikada 2900 dan ortiq foydali qazilma konlari va ular namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar mavjud.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda taxminan 1000 ta istiqbolli qazilma boyliklari joylari, 118 turdagi mineral xom ashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi o‘zlashtirilmoqda. 1500 dan ortiq kon o‘zlashtirildi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat; 48 ta asl metall, 43 ta rangli, noyob va radioaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko‘mir; 37 ta tog‘-kon, 22 ta tog‘-kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi; 525 ta turli maqsaddagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral er osti suvlari manbalari mavjud. O‘zlashtirilgan konlarning 40 foizidan ortig‘i qayta ishlanadi. Shu bilan bir qatorda respublikada tog‘-kon sanoati resurslarini qazib olishda muntazam yo‘l qo‘yib kelingan xatolar quyidagi salbiy oqibatlarga olib keldi:
Tog‘ kon sanoati rayonlardagi tabiiy landshaftlarning buzilishi, izdan chiqishi;
chiqitlardan foydalanishning etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Respublikamizning umumiy mineral-xom ashyo salohiyati taxminan 3,5 trillion dollarni tashkil kiladi. Ishlatish uchun tayyorlab qo‘yilgan foydali qazilmalar zahiralari 1025 mlrd. AQSH dollariga baholanmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, respublikada nisbatan qisqa muddat ichida 200 mlrd. dollar miqdorida xom-ashyo qazib olindi.Tayyorlab qo‘yilgan zahiralar negizida respublikada 535 ta kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari, 420 ta suv olish joylari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh suvlarni quyish shoxobchalari ishlab turibdi. O‘zlashtirishga tayyorlab qo‘yilgan mineral-xom ashyo zahiralari nafaqat ishlab turgan kon qazib chiqarish majmualarning o‘zoq muddatli istiqbolini ta’minlaydi, balki ularning quvvatini oshirish, eng muhim foydali qazilmalar (oltin, uran, mis, ko‘rg‘oshin, rux, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, kvars-dala-shpat, agrokimyoviy ma’danlar va boshqalar) qazib olishni qaytadan tashkil etish imkonini ham beradi.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollar miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular o‘rniga 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar ko‘shilmoqda.
Respublikamiz muhim foydali qazilmalar qatoriga kiruvchi: oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar va kaolinlarning tasdiqlangan zahiralari va ularning kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.