MAVZU:TEXNIK VOSITALARNING RIVOJLANISH tendentsiyalari REJA: 1.HISOBLASH TEXNIKASI VOSITALARINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI 2.OCHIQ ARXITEKTURA PRINTSIPI 3.KOMPYUTERNING TURLARI VA UNI KLASSIFIKATSIYALASH
Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlarning ko`p qismi XX asrga to`g`ri kelsada, ulardan eng noyoblari komp`yuter va Internet ekanligiga sir emas. CHunki, insoniyat bilimi, tafakkuri natijasi o`laroq yaratilgan komp`yuter, «Hisoblash qurilmasi» beqiyos imkoniyatlari bilan kishini hayratlantiradi.
Endilikda komp`yuter nafaqat hisoblash qurilmasi, balki u televizor, video, telefon, masofada o`qitish vositasi, elektron pochta, elektron kutubxona, virtual aloqa bog`lash vositasi va hokazolarni o`z ichiga oladi. Bu esa butun olam ahlini uzoq manzilini yaqin qilish, muloqot, savdo, sayohat, madaniyat, fan-texnika yangiliklari bilan ma`lumot almashishni yo`lga qo`yadi. Ingliz yoki rus tilini bilganlar uchun Internet orqali katta firmalarga, korporatsiya, kutubxona, muzeylarga kirib borish hech gap bo`lmay qoldi. Kino olami, sport to`g`risida turli axborot vositalari yoritayotgan xabarlarni kunda o`qib borish mumkin.
Xuddi mamlakatlar o`rtasidagi chegaralar yo`qday.CHindan ham komp`yuterning paydo bo`lishi, hisoblash texnikasi tarixida katta rivojlanish bosqichi bo`ldi.Uning tarixiga nazar tashlasak, amalda tatbiq qilingan birinchi analitik-hisoblash mashinasi G. Xollerit tomonidan yaratilgan bo`lib, 1890 yili Amerikadagi aholi sonini ruyxatga olishda foydalanilgan.G. Xollerit (1860-1929) Buffalo shahrida nemis emigrantlari oilasida tug`ildi. U Kolumbiya universitetini bitirib aholini ro`yxatga olish korxonasiga ishga kiradi.
SHu korxonada yuqori mansabdor, bo`lg`usi qaynotasining tabulyatsiya ishini perfokarta yordamida bajarish qulay, degan maslahati bilan o`n yillar davomida shunday tizimni yaratish ustida ishladi. Natijada statistik tabulyator analitikmashinasini yaratadi. Unda, axborotni kiritish uchun perfokartalar ishlatilib, qolgan qurilmalar oddiy perforator (perfokartaga simvollarni joylash uchun ishlatiladigan qurilma), murakkab perforator, saralash mashinasi va tabulyatordan iborat edi. Keyinchalik, u 1996yilda bu mashinalarni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha firma ochadi.