Ijtimoiy natijalarga hamkorlik asosida sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, sohasida ta’minlanadigan ijobiy siljishlar, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi kiradi.
Xalqaro hamkorlikning samarasini aniqlashda iqtisodiy natijalar va xarajatlar solishtiriladi.
Iqtisodiy natijalar deyilganda import va shu turdagi mahsulotlarning o‘zida mamlakatning import mahsulotlariga o‘xshash mahsulotni mamlakat ichida ishlab chiqarishdan voz kechish munosabati bilan amalga oshirilmagan xarajatlarini, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida import mahsulotlaridan foydalanishning samarasini ifodalovchi qiymat bahosi tushuniladi.
Xarajatlar deyilganda mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan kapital mablag‘lar va xarajatlar hamda ishlab chiqarish jarayoniga yordam berish uchun qilinadigan, tarkibiga transport sarflari, o‘rnini bosish xarajatlari, tabiiy resurslarning cheklanganligini aks ettiruvchi mahsulotni oxirigacha iste’mol qilmaslikdan iqtisodiyotning yo‘qotishlari (zararlari)ni kiritgan xalq xo‘jaligi xarajatlari; tashqi savdo tashkilotlari va boshqalarning xarajatlari tushuniladi.
Shuningdek, iqtisodiy samarali bo‘lgan tashqi iqtisodiy bitishuvlarning u yoki bu tomonini xarakterlaydigan xususiy ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi. Bunday ko‘rsatkichlarga importning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi kiradi.
Eng maqbul va iqtisodiy jihatdan foydali variant milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi iqtisodiyoti bilan integratsiyalashishi, uning foyda va imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Dostları ilə paylaş: |