Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə127/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Kontingentlashtirish – bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan, tovarlarni eksport va import qilishning ma’muriy bir davrda ma’lum bir miqdorlar va summalarda o‘tkazish cheklovlari. Kontingent – ba’zi tovarlarga ularni olib chiqish, olib kirish yoki ayrim mamlakatlarga tranzit olib o‘tishga belgilangan me’yordir.

Kontingentlar – bu tashqi savdoning hajmini rejalashtirishning va tuzilmasining unsur (element)laridir.

Litsenziyalash – bu tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishga davlat idoralari tomonidan beriladigan ruxsatnomadir. Bu eksport va valyuta mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazorat qilinishining muhim vositasidir.

Shuningdek, ixtirolarni xorijda potentlash, ixtirolardan foydalanish, texnik belgilarga litsenziyalarni sotish, yana tovar belgilarini xorijda ro‘yxatga olish, xorijda korxonalarni “kalitgacha” yakunlash sharti bilan qurishga yordam beruvchi litsenzion kelishuvlar asosida texnologiyalarni eksport qilishni kengaytirish ham tashqi iqtisodiy faoliyatning bir qismidir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy-huquqiy mexanizmini va tegishli iqtisodiy infratuzilmasini yaratish.

2. Eksport ixtisoslashini aniqlash, o‘tkazilayotgan mahsulotning raqobatga bardoshliligini hisob-kitob qilish, sheriklar izlash.

3. Jalb qilingan kapitaldan ichki etaplarini qondirish va ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun oqilona foydalanish. Xorijiy kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish tashqi iqtisodiy siyosat doirasidagi faollikning muhim yo‘nalishidir. Xorijiy mablag‘lar va moddiy vositalarni taqsimlash asosan mintaqaviy xarakterga ega. Shuning uchun hududiy kapitalning kiritilishi uchun jozibali obyektlarga aylantirishlari mumkin. Lekin shuni ham aytib ogohlantirish kerakki, mutlaqo alohidalanish, mintaqa darajasida mustaqil tartibga solish masalani hal qilishning imkoniyati yo‘q, chunki yagona bojxona tizimi mavjuddir.

Davlatning bir butun mavjud bo‘lishining zaruriy sharti mamlakat ichida tovarlar va pullarning harakatining har qanday cheklovlaridan ozod bo‘lgan ichki bozorning birligidir.

Ichki bozorda talab va taklifning keskin disbalansi (muvozanatsizligi) sharoitlarida davlat tomonidan tartibga solishning asosiy choralardan biri litsenziyalash va kvotlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida «Litsenziyalash va kvotalash tartibi» haqidagi nizomga amal qiladi. Unda litsenziyalashtiriladigan tovarlar ro‘yxati, kvotalarni o‘rnatish va taqsimlash hamda litsenziya berish tizimida keltirilgan. Eksport import litsenziyalarini berishni tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi amalga oshiradi. Mintaqaviy kvotalar markaziy hokimiyat tomonidan o‘rnatiladi va ularning taqsimoti va mintaqalarga yetkazilishini tashkil etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarga xabar qilinadi. Soliqlarga muhim o‘rin ajratiladi. Bitishuvning o‘zi, savdo amali, ssuda kelishuvi, tovarning eksporti, importi bo‘lganidek, bu bitishuvdan olingan daromad ham soliqqa tortilish obyekti bo‘lib xizmat qilishlari mumkin.

Kreditlar taqdim qilish shartlari tashqi iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishni muhim vositasiga aylanmoqda. Kreditlar bozori ikki shaklda: umumiy va loyihaviy kreditlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ammo munosabatlarning masalan, faktorning oziq-ovqat kreditlari, vekselga kreditlash va moliya amallari kabi yangi shakllari ham kiritilishi kerak.

Faktoring – bu dispontlash sohasidagi xizmat turidir. U bozorga yangidan kiruvchilarga, shuningdek, mayda va o‘rta firmalar uchun mo‘ljallangan.

Uning mohiyati faktor – firma tomonidan mahsulotni yetkazib beruvchilardan tovar jo‘natish bo‘yicha qisqa muddatli talablarni to‘lovlarni kattaroq qismini zudlik bilan qoplash imkoni, qarzlarni to‘liq uzish, hisoblarni olib borish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish kafolati bilan sotib olishda mujassamlashgan.

Xorijiy investor Ishlab turgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari mumkin bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori haqida unutmaslik kerak. Shuning uchun sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tamoyillariga taalluqli masalalarni aniqlash muhimdir.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin