Kredit quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
muddatlilik;
qaytarishlilik;
haq to‘lashlik;
moddiy ta’minlanganlik;
maqsadga yo‘naltirilganlik.
Kreditning vazifalari:
iqtisodiyotda pul aylanmasining tezlashishi tufayli iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish;
haqiqiy pullarni kredit pullari va kredit amallari bilan almashtirish;
kredit bozorini shakllantirish.
Bozor krediti – to‘lov vositalarining har xil turlariga talab va taklif vujudga keladigan hamda o‘zaro ta’sir qiladigan bozorlarning umumiy belgisidir.
Kreditga talab – iqtisodiy subyektlarning o‘z asosiy va aylanma kapitallarini sotib olish: davlat byudjetining tanqisligini qoplash; banklarning to‘lov qobiliyati va likvidlilikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslariga bo‘lgan talablar oqibatida yuzaga kelgan.
Kredit taklifi iqtisodiy subyektlarda muqobil loyihalarga vaqtincha yo‘naltirish uchun ortiqcha resurslarning paydo bo‘lganligi oqibatida yuzaga keladi. Uy xo‘jaliklari shaxsiy jamg‘armalarini loyihalarga joylashtiradilar.
Kreditlash subyektlari, kreditlash usuliga, shuningdek, kreditlash jarayonining makon-zamon (joy va vaqt) tarkibiga qarab kredit turli xil shakllar bo‘yicha tasniflanadi:
Subyektlar bo‘yicha – kreditlar va qarz oluvchi.
Kreditlash usuli bo‘yicha – natural va pul.
Kreditlash muddati bo‘yicha – qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, maxsus uzoq muddatli.
Kredit makoni xarakteri bo‘yicha – davlatlararo davlat, bank, tijorat, iste’mol va boshqa kreditlar.
Dostları ilə paylaş: |