Bank tizimidagi nomo‘’tadillik sabablari va mo‘’tadillashtirish choralari
Kredit bank tizimining faoliyatidagi buzilishlarni yuzaga keltiruvchi sabablar orasida, eng avvalo, quyidagilarni aytib o‘tish kerak:
milliy valyuta kursining mo‘’tadil emasligi;
markaziy bankning muvaffaqiyatsiz pul-kredit siyosati;
adekvat bo‘lmagan fiskal siyosat;
depozitlarni sug‘urtalash tizimining mavjud emasligi.
Kredit bank tizimini mo‘’tadillashtirishning ehtimol bo‘lgan vositalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
bank qonunchilikni takomillashtirish;
bankning minimal zaxiralari darajasi va hisob stavkasi darajasini muvofiq holga keltirish;
kredit-bank xizmatlarining yangi shakllarini rivojlantirish.
O‘zbekistondagi inflyatsiyaning tahlili narxlarning erkinlashtirilishi avvalida muomaladagi pul zaxiralarining va narxlar dinamikasining o‘zaro harakatlari bir xil bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Ulgurji va chakana narxlarning vulqonsimon (portlab) o‘sishi ro‘y beradi, bu esa pul massasining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda har bir viloyat ish haqI, stependiya, pensiya, Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd pul olish ko‘zda tutilgan o‘z byudjetiga ega. To‘lanadigan mana shu pul massasiga xuddi shuncha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar qarshi turishlari kerak. Ammo respublikaning ko‘pgina viloyatlarida tovarlarni yetarli darajadagi taklifi mavjud emas. Shuning uchun pul banklarga qaytmasdan aholida qolib ketmoqda. Shu munosabat bilan bu mintaqalarga qo‘shimcha naqd pul zarur bo‘ladi, bu esa pul emissiyasiga olib keladi. Holbuki, u qisqartirilishi kerak. Pul emissiyasini qisqartirish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
E=R S,
Bunda, E – emissiya, R – taklif, S – talab.
R S bo‘lganida emissiya yo‘q, R S da esa emissiya ishlaydi.
«S»ni ushbu mintaqadagi to‘lovlar (oylik, pensiya, nafaqa) hajmiga tenglashtirish mumkin. «S” kattaligi S1-ish haqi; S2-stipendiyalar; S3 – pensiya va nafaqalar; S4-boshіa to‘lovlar boshqa to‘lovlar sifatida taqsim etilishi mumkin.
Unda S1+ S2+ S3+ S4 = S summasiga teng bo‘ladi.
Bu formula viloyatning pul massasi hajmining tuzilmasini aniq namoyon qiladi, ko‘rsatadi.
R – ushbu viloyatdagi tovarlar massasi va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan takliflardir.
Umumiy “R” ga T – tovar massasi va U – xizmatlar hajmi qo‘shiladi. Unda R=T+U. Bu formula umumiy taklifda tovarlar va xizmatlarning hajmini aniqlashda foydalaniladi. Agar amalda sotilgan tovarlar va xizmatlar hajmini T1 va U1 bilan belgilasak, unda amaldagi haqiqiy taklif R1=T1+U1 bo‘ladi. R va R1 o‘rtasidagi farq ularga talab kam bo‘lgan tovarlar va xizmatlar hajmini ko‘rsatadi. Uni R2 sifatida ko‘rsatish mumkin. Unda R2= R-R1 bo‘ladi. Agar R2 katta absalyut hajmga ega bo‘lsa, R hamda R1 bilan solishtira olinsa, unda vakolatning ishlab chiqarish sektori og‘ir holatda va ishlab chiqarishni sokatsiya qilish (sog‘lomlashtirish) bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. Agar SR deb taxmin qilinsa, unda pul emissiyasi muqarrardir. Shuning uchun taklifni ko‘paytirish, o‘stirish zarur bo‘ladi.
Bunday holatga quyidagi tadbirlar: viloyatda ishlab chiqa-rishning sohalari va yo‘nalishlarini o‘zgartirish, shaharda bo‘lganidek qishloqda ham zarur bozor xizmatlarini ko‘paytirish, xalqaro turizmni juda daromadli tarmoq sifatida rivojlantirish, ko‘chmas mulkni sotish uchun auksionlardan foydalanish, bu auksionlar esa zarar bilan ishlayotgan korxonalar, tugallanmagan qurilish obyektlari, ortiqcha uskunalar kiritilishi mumkin; qurilish, uy-joy, yordamchi xo‘jaliklar uchun er uchastkalarini sotish, magistral yo‘llarda ulgurji bozorlar (karvon saroylar) tuzish hisobiga erishish mumkin.
T va U tarkibiy qismlarining o‘rinlarini almashtirish, variatsiya qilish yo‘li bilan viloyatdagi pul emissiyasini tugatish mumkin. Inflyatsiya ko‘rsatkichlari miqdor bahosini beradi xolos.
Narxlarning o‘sish indeksi, shu jumladan, iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sishi indeksi – keng foydalaniladigan ko‘rsatkichdir.
Dostları ilə paylaş: |