Inflyatsiya boshqarilishi kerak. Shuning uchun inflyatsiyaga qarshi siyosat borasida To‘xtalamiz.
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan taqdim etilishi mumkin.
Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;
byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatlarini kamaytirish hisobiga qisqartirish;
pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;
iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy valyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni betaraflashtirish (neytrallash).
Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda sotish hisobiga kengaytirish;
2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.
Dostları ilə paylaş: |