Valyuta intervensiyasi – milliy valyuta kursiga xorijiy valyutani sotib olish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish.
Oltin standart – milliy valyutalarni almashishning ma’lum nominalning qog‘oz birligi tenglashtirilgan, qayd qilingan oltin og‘irligining belgilanishiga va valyutalarning mana shu oltin bilan ta’minlanganlik asosida almashinuviga asoslangan mexanizmdir.
Oltin standart tizimida valyutalarni almashtirish juda sodda, oson edi. Chunki bunday almashish proporsiyalari o‘zgarmas edi.
Bunda hukumatlar fuqarolariga qarab qog‘oz pullarni oltinga kafolatli almashtirish majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar. Inflyatsiya sharoitlarida odamlar bunday ishni tez-tez qilishni afzal bilar edilar.
Aynan shuning uchun oltin standart tizimining amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan edi. 70-yillarda unda valyuta kurslari milliy pul birliklarining narxi sifatida shakllanadigan valyuta bozori tug‘ildi. Bozor kurslari u yoki bu valyutaga bo‘lgan talab va taklifning nisbati bilan belgilanadi.
Valyuta bozoridagi talab va taklifning hajmlari mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoning hajmiga bog‘liqdir. Inflyatsiyaning kursiga, shuningdek, jahonning turli mamlakatlaridagi inflyatsiyaning miqyosi va iqtisodiyotning ahvoli ham ta’sir qiladi.
Valyuta bozorining asosi – jahonning aksariyat ko‘pchilik mamlakatlarida mavjud bo‘lgan ushbu davlat hududlarida hamma hisob-kitoblarning faqat shu mamlakatlarning milliy valyutalarida olib borish haqidagi talablardir. Oltin bilan ta’minlanganlik mavjud bo‘lmaganda bir valyutaning boshqasi bilan almashinish proporsiyasini ikkita omil belgilaydi.
Birinchi omil – milliy valyutalarning har birini xarid qobiliyati.
Dostları ilə paylaş: |