Xizmatlar – harakatlar bo‘lib, demak, ularni saqlash yoki o‘tkazish boshqa odamlarga jo‘natish mumkin emas.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun cheklangan resurslar zarur bo‘ladi, shuningdek, ular o‘z-o‘zidan kamyob bo‘lganligidan, har bir odamning xohishi va cheklanmagan talablarini qondirishini ta’minlash uchun yetarli emas. Iqtisodiy tovarlar bizning talablarimizni qondirganlari uchun biz ularni foydali deymiz.
Keltirilgan chizmalardan ko‘rinab turibdiki, iqtisodiy tovar o‘z ichiga bir vaqtning o‘zida ham ne’matni (chunki iste’molchiga kerak) ham xarajatni (chunki uni ishlab chiqarish uchun resurslar zarur) oladi. Tovarlarning bu xususiyatlari ularning foydaliligini, kamyobligi va resurs sig‘imdorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tovarlarni sotib olayotganda odamlar ular uchun belgilangan summada pul to‘laydilar. Bu summa tovarning narxi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |