Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Iqtisodiy resurslar

Resources; Economic resources

Fransuzcha Ressource – yordamchi vosita ma’noni anglatadi.

Resurslar – mavjud texnologiyalar va ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar vositasida sotish mumkin bo‘lgan moddiy hamda ma’naviy ne’matlarini olish uchun zarur bo‘lgan manbalar va asoslar. Resurslar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar. Bular:

- moddiy resurslar;

- mehnat resurslari, shu jumladan, intellektual resurslar;

- tabiiy resurslar.



Moddiy resurslar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari: xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, detallar va hokazolarning yig‘indisidir.

Moliyaviy resurslar – davlat yoki tijorat tuzilmasi tasarrufidagi pul mablag‘lari.

Xom-ashyo (xom, tayyor bo‘lmagan materiallar) – ilgari mehnat ta’sirida bo‘lgan (ularni ma’lum bir holatga yetkazish uchun mehnat sarflangan) va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari. Quyidagilarni farqlaydilar:

- birlamchi xom-ashyoqazib olingan ruda, paxta xom-ashyosi va hokazolar;

- ikkilamchi xom-ashyo – yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metall parchalari, makulatura va boshqalar.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin