Mikroiqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning oldi-sotdining, kredit va hokazolarning variantlarini tanlash bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot subyektlarining o‘zlarini tutishlarini o‘rganishdir.
Mikroiqtisodiyot subyektlarning iqtisodiy tanlovini belgilovchi omillarni va bu omillardagi o‘zgarishlarni bozor almashinuvlar orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi har xil odamlarning qarorlariga ta’sirini o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot – bir butun xo‘jalik tizimining harakatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy boshqotirmaning alohida bo‘laklarini ko‘rib chiqqan vaqtda makroiqtisodiyot butun tasvirda to‘laligicha diqqatni jam qilishga intiladi. Makroiqtisodiyot xususiy qarorlarning bir butun olganda xo‘jalik yuritish sohasiga umumiy ta’sirini o‘rganadi. Bu ta’sir narxlarning o‘rtacha milliy darajasida ishlab chiqarishning hajmida, bandlik darajasida va boshqalarda aks etadi. Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, bandlikning, mehnat unumdorligining, mahalliy yoki segmentlangan bozorlar (masalan, oziq-ovqat bozori)dagi narxlarning darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.