Mehnatning bo‘linishi va bozorning hajmi.
Ommaviy ishlab chiqarish faqat ommaviy talab bo‘lgandagina o‘zini oqlaydi. Mehnatning bo‘linishi tamoyili har haftada minglab bir xil tovarlarni sotishga qobil bo‘lgan sanoat tarmoqlaridagina keng tarqalgan. Agar bozorning hajmi nisbatan kichik bo‘lsa, firma mehnatni taqsimlash (bo‘lish) tamoyilini keng qo‘llay olmaydi.
Tovar ishlab chiqarishda ixtisoslashtirishning miqyosi bu tovar bozorining hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Quyidagi gaplarda qaysi so‘zlar tushib qolgan?
Soatiga ______ – bu mehnat unumdorligini o‘lchash usulidir. Ishlab chiqarish _____________________ bo‘lganidek, ______________ ham yaratishni o‘z ichiga oladi.
2. Qaysi ikki misol ikkilamchi tarmoqqa kiradi?
Do‘konda ishlash.
Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va o‘rash.
Telefon pultini boshqarish.
Sutni idishlarga (butilkalarga) quyish.
3. Mehnat bo‘linishi joriy qilinganda nima ro‘y bermaydi?
Unumdorlik oshadi.
Ixtisoslashtirilgan uskunalar ishlatiladi.
Ish ko‘proq darajada birxillashadi.
Ish turli xil ko‘nikma va mahoratni talab qiladi. Ishchi ish topish uchun kam vaqt sarflaydi.
4. Sizning fikringizcha mehnatning bo‘linishi tufayli ishchilar qanday foydaga ega bo‘ladilar?
IQTISODIY SIKL
Dostları ilə paylaş: |