Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Sikllik nazariyasi tebranishlar nazariyasini



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə32/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Sikllik nazariyasi tebranishlar nazariyasini qo‘llashni taqozo etadi. Keyingi nazariya esa ko‘rib chiqilayotgan bosqichda takrorlanuvchi ikkita bosqich: ko‘tarilish va pasayish bo‘lishini ko‘zda tutadi.

Bunda sikl (turkum) takrorlanuvchi bosqich (faza)lardan iborat ketma-ketlik deb belgilanadi. Siklning muhim xususiyati rekurentlik izchillikdir.



Rekurentlik – siklning har bir bosqichi keyingisini qayta tiklash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerakligini bildiradi. Natijada sikl o‘z-o‘zini qayta ishlab chiqarish (tiklash) qobiliyatini qo‘lga kiritadi (rekurent izchillik – bu qayta ketma-ketlikdir).

Siklning yana bir xususiyati – bu muntazamlikdir. Sikllarda ma’lum bir traektoriyali doimiy dinamika mavjud bo‘lishi kerak, agar u yo‘q bo‘lsa, har qanday og‘ish tasodifiy deb qaralishi mumkin.

Sikllarni davomiyligi uning o‘tish mexanizmini oldindan belgilab beruvchi ikki mezon: siklning davomiyligi yoki davriyligi va uning harakatlantiruvchi kuchlarini yoki ko‘plab tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin.

Venger iqtisodchisi B. Shiposh «Kondratev sikllarini bashorat qilish va empirik tadqiq qilish» deb boshlagan ishida juda qiziq o‘zaro bog‘liqlikni aniqlagan: davomiyligi uzoqroq bo‘lgan sikllar qisqaroqlarini o‘z ichiga kiritib yutib yuboradilar. Masalan, o‘rta muddatli dog‘lar sikllari qisqa muddatli kichik sikllaridan ikkitasini o‘z ichiga oladi. Kuznezov sikli 2 marta kuchaytirilgan siklidan tashkil topgan – bu qattiq sabab-oqibat bog‘lanishli sikllar tizimidir. Aynan shu tizim bashoratlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi kerak.

Iqtisodchilar iqtisodiy rivojlanishdagi uzoq muddatli tebranishlarning qonuniyatlarini tushuntirish ustida ishlamoqdalar.

Iqtisodiy o‘sishning uning traektoriyasi va tezligini belgilovchi turli omillarning o‘zaro chambarchas aloqasi aniqlangan. Lekin ularning ichidagi eng muhimi hozirgacha aniqlangan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar muhimlikni texnologiyalarga, ayrimlari esa tabiiy omillarga beradilar.

Iqtisodiy rivojlanishda talab va taklifning nisbatiga bog‘liq bo‘lgan uzun to‘lqinli sikllar mavjud, bunday to‘lqinlarning har birida etakchi sifatida tabiiy omillarning amal qilishi (harakati) bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalarni ko‘rsatish mumkin.

Bashoratlarni ishlab chiqishda boshqa usullar ham ishlatilishi mumkin. Bu modellarni yasashdir. Masalan, aytaylik iqtisodiyotning dinamik modeli ishlab chiqilgan. Bu model o‘rta va uzoq muddatli bashoratlarga mo‘ljallangan va yangidan yuzaga kelgan omillarning ta’sirini hisobga oladi. Bunday omillarga quyidagilar kiritilgan:

 aralash tipdagi iqtisodiyotni modellashtirish vazifasini shakllantiruvchi iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirish;

 moliyaviy mablag‘larning (inflyatsiyaning yuqori sur’atdagi, davlat byudjetining topqirligi, pul massasining o‘sishida ko‘rinadigan) balanslashtirilmagani va u moliyaviy oqimlarni tartibga solish usullarining hamda ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirining tahlil zarurati;

 baholar bozor mexanizmlari ishlashi natijasida belgilanadigan ne’matlar va xizmatlar ro‘yxatining kengayishi. U narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi va erkin belgilanishi sharoitlarida mumkin bo‘lgan iqtisodiy muvozanat holatlarini tadqiq etish zaruratini belgilaydi;

 markazlashgan davlat kapital mablag‘larining keskin namoyishi bilan izohlanadigan investitsiya mexanizmining o‘zgarishi.


Bozor tushunchasi va Bozorning vazifalari
Zamonaviy bozor xo‘jaligi

Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlanishi tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har bir individning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiylashtirilgan tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Zamonaviy bozor tizimining vujudga kelishiga olib keldi.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin