1. Iqtisodiy resurslarning (ishlab chiqarish omillarining) asosiy turlari qanday?
2. Mulk egasi o‘z mulkiga nisbatan qanday asosiy huquqlariga ega?
3. Nima uchun odamlar har doim iqtisodiyot sohasida tanlov qilishlari kerak?
4. Ishlab chiqarish nima degani?
5. Unumdorlik nima?
6. Ishlab chiqarishning asosiy turlarini aytib bering.
MEHNATNING BO‘LINISHI
Mehnat taqsimoti (ixtisoslashish)
Odamlar qadim zamonlardan beri turli xildagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar. Bir xil kishilar bug‘doy va sholi yetishtirsalar, boshqalari chorva mollarining podalarini boqqanlar, uchinchilari kiyim-kechak va poyabzal tikkanlar, qilichlar yasaganlar, turar joylar qurganlar. Bunday mehnat faoliyati jarayonida har kuni bir xil ish bilan shug‘ullanuvchi odam o‘z kasbini ustasi professionalga aylangan va doimiy ravishda mahoratini sayqallab borgan. Mahsulotni tayyorlashda ma’lum bir sirlarni bilish va asboblarning alohida to‘plamiga ega bo‘lish ustani mutahassis qilgan, uning mahsulotiga esa talab katta bo‘lib, yuqori sifatliligi va nisbatan arzon narxi bilan ajralib turgan. Faoliyatning har xil turlari vositasida mehnatning bo‘linishi taqsimoti ro‘y berdi. Ammo bir juft poyabzalni tikish uchun ustaga teri, iplar, maxsus asboblar to‘plami zarur bo‘ladi. Terini terichi tayyorlagan, ipni boshqa usta eshgan, asboblarni temirchi yasagan. Shunday qilib, bir juft poyabzalni ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir kasb ko‘nikmalari yoki kasblarga ega bo‘lgan to‘rtta usta qatnashar edi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishning o‘ziga xos muhim xususiyati mehnatining bo‘linishi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonini ixtisoslashtirilgan topshiriqlari (amallar)ning katta miqdoriga maydalash, bo‘lishdir. Har bir ishchi bu amallarning biri uchun javob beradi va uni butun ish vaqti davomida bajaradi. Shunday qilib, ko‘pchilik tarmoqlarda tayyor tovar yuzlab mutahassislar harakatining natijasidir.
Ko‘pchilik tarmoqlarda har bir ishchi konveyerda harakat qilayotgan obyektga bitta detal o‘rnatadigan yig‘ish liniyalari ishlatiladi. Bunday tizimni, odatda, ommaviy ishlab chiqarish deb ataydilar.
Dostları ilə paylaş: |