Talabning o‘zgarishi.
Talabning qiyshiq chizig‘i boshqa omillar o‘zgarmay qolib, narx o‘zgarganida talabning hajmi bilan nimalar ro‘y berishini ko‘rsatadi.
Biroq real hayotda talab shartlari deb ataluvchi mana shu «boshqa omillar» ham, albatta, o‘zgaradi. Bu shartlarning o‘zgarishi bilan talabning qiyshiq chizig‘i ham o‘zgaradi.
«Talabning o’zgarishi» termini taklif va talab muammolarining o‘rganishni endi boshlaganlarni boshi berk ko‘chaga ro‘para qilib qo‘yadi. Afsuski, uni talabning qiyshiq chizig‘idagi siljishini bilgandek, talabning qiyshiq chizig‘ining o‘zini ham, ko‘chishini ta’riflash uchun ham tez-tez qo‘llaydilar.
Narx
|
Talab hajmi
(kattaligi)
|
Uning o‘sganidan so‘ng talabning hajmi (kattaligi)
|
10
|
20
|
50
|
9
|
30
|
70
|
8
|
50
|
90
|
7
|
70
|
110
|
6
|
90
|
140
|
5
|
120
|
170
|
4
|
150
|
220
|
3
|
190
|
270
|
2
|
240
|
340
|
Aslida bu siljishlar mutlaqo har xil sabablar tufayli ro‘y bergan. Buni misollarda ko‘rib chiqaylik.
Birinchi ikki ustun talabning oddiy shkalasini namoyon qilib, u DD qiyshiq chizig‘i sifatida ko‘rsatilgan. Bu qiyshiq chiziqdan narxlar o‘zgarganda talabning kattaligi qancha bo‘lishini aniqlab olish mumkin. Masalan, narxning 5 so‘mdan 4 so‘mgacha kamayishi talab hajmining 120 birlikda 150 birlikkacha o‘sishiga olib keladi. Bu talabning o‘sishi yoki kengayishi deb ataladi. Narxning 4 so‘mdan 5 so‘mga oshishi esa talab hajmining 150 birlikdan 120 birlikkacha kamayishi yoki qisqarishiga olib keladi (jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: |