Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Taklifning qiyshiq chizig‘i



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə49/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Taklifning qiyshiq chizig‘i.


Taklifning qiyshiq chizig‘i – sotuvchilar turli narsalar va ma’lum vaqt ichida sotishga taklif qiladigan tovarlar va xizmatlarning miqdorini ko‘rsatuvchi qiyshiq chiziqdir.

Taklifning qiyshiq chizig‘ini shakli firmalarning maksimal darajada foyda olishga intilishlari bilan aniqlanadi. Bunday talqin (izoh) taklifning qiyshiq chizig‘i nima uchun chetdan o‘nga qarab tepaga yo‘naltirilganligi, ya’ni nima uchun firmalar ko‘proq mahsulotlarni yuqoriroq narxlarda taklif qilishga tayyor ekanliklarini tushunishga yordam beradi.

Agar ushbu tovarga talab oshsa, u ancha kam topiladigan bo‘ladi va uning narxi ham ko‘tariladi. Taklifning hajmi (kattaligi) oshadi, chunki o‘sib borayotgan foyda ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Ancha baland bo‘lgan narxlar va foyda bu tarmoqqa boshqa firmalarni ham jalb etadi.

Talab pasayganda tovarning narxi tushadi, bu esa bozorda mavjud bo‘lgan narxda bunday tovarlar keragidan ortiqcha miqdorda borligini bildiradi. Narxlar pasayganda ishlab chiqarish kamroq foyda keltiradigan bo‘lib qoladi, shuning uchun firma bu tovarni chiqarishni qisqartiradi va bu mahsulotni taklif qilish kamayadi. Narxning tushishi shunga olib kelishi mumkinki, kamroq samara bilan ishlayotgan firmalar bu tarmoqdan ketishga majbur bo‘lishadi.

Bozor narxi (muvozanat bahosi).

Agar biz talab va taklifning qiyshiq chiziqlarini bitta diagrammaga yig‘sak, ular bozor narxi yoki muvozanat bahosini ifodalovchi bitta nuqtadagina kesishishini ko‘ramiz. Demak, shu narxdagina talabning kapitali taklifning kattaligiga teng bo‘ladi.

Muvozanat yoki bozor narxi asta-sekin o‘rnatiladi. Agar oldi-sotdi bozor bahosi emas, boshqa narxlarda tovarning ortiqchaligi yoki yetishmasligi ro‘y beradi, bu esa narxlarning o‘zgarishiga olib keladi va bu narxlar muvozanat darajasida to‘xtamagunicha davom etaveradi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin