141
Valyutalarning o‘zaro aloqalarida valyutaning bozordagi talabi bel-
gilaydigan suzuvchi kurslar hukmronlik qili-shadi. Suzuvchi kurslar ayrim
mamlakatlar uchun savdo shart-sharoitlarini yomonlashtiradilar, tovar
oqimlarini tartibga solishda qiyinchiliklar yaratadi.
Bir qator mamlakatlarda qayd etilgan valyuta kurslari saqlanib qolgan,
ularda Milliy valyutaning narxi umumiy qabul qilingan standartga
(ko‘pchilik hollarda bu AQSh dollari) nisbatan belgilanadi va davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turiladi. Bu davlat salmoqli valyuta zaxira-
larga ega bo‘lishi, ularni to‘ldirib turishi va ulardan foylanishi kerakligini
bildiradi. Bunda davlat, shuningdek, importni cheklash, eksportni subsidi-
yalashtirish, valyuta nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralarni amalga
oshirishi kerak, eksportdan tushgan valyuta tushumi davlatga sotilishi
majburiy bo‘lishi lozim.
Valyuta kursi
fundamental iqtisodiy talab hamda takliflarning
kon’yunktura omillari bilan aniqlanadigan iqtisodiy kategoriyadir. Funda-
mental iqtisodiy omillarga mehnat unumdorligi iqtisodiy o‘sish sur’atlari,
moliyaviy tizimni moslanuvchan (egiluvchan)ligi va samaradorligi,
texnologiyaning va mamlakat Ishlab chiqarish resurslarining darajasi kiradi.
Aynan fundamental iqtisodiy omillar milliy Iqtisodiyotning jahon bo-
zoridagi bazaviy raqobatga bardoshliligini belgilaydi.
Joriy valyuta kursining
o‘zgarishlarining sababi valyuta bozoridagi talab
va taklifning o‘zgarishidir.
Valyuta kursi to‘lov balansining
holatiga
bog‘liqdir. Agar to‘lov balansi tanqis bo‘lsa, (xorijiy majburiyatlar bo‘yicha
qo‘shma to‘lovlar valyuta mablag‘larini tushumidan ortib ketganida) unda
mamlakatning valyuta zaxiralari qisqaradi. Bu davlatning to‘lov balansini sal-
biy saldosini qoplashi bilan bog‘liqdir. Bu vaziyat milliy valyutaning almash-
inuv kursining pasayishiga olib keladi. Mamlakat valyutasi almashinuv kursi-
ning pasayishi importni qimmatlashtiradi xarajatlarning inflyatsiyasi tufayli
(to‘g‘rirog‘i xarajatlarga ketadigan pulning inflyatsiyaga uchrashi sababli)
mamlakat iqtisodiyotida narxlar darajasining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi
(yordam beradi).
Dostları ilə paylaş: