Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 xalqaro moliya kredit institutlari


O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari bilan hamkorligi va istiqbollari



Yüklə 22,22 Kb.
səhifə3/3
tarix28.03.2023
ölçüsü22,22 Kb.
#90762
1   2   3
реферат

O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari bilan
hamkorligi va istiqbollari

O’zbekiston Respublikasi va ETTB ning o’zaro hamkorlik aloqalari 1992 yil 30 aprelda boshlandi. 1993 yildan mamlakatimiz ETTB ning to’laqonli a’zosi va aktsioneri bo’ldi. O’zbekiston ETTB ning hamkorlikdagi aloqalarini rivojlanishga quyidagi holatlarni ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. 1993 yil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi chog’ida ETTB ning shtab – kvartirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishiga 60 mln dollar hisobidagi birinchi kelishuv imzolandi. 1994 yil Toshkentda ETTB ning vakolatxonasi ochildi va shu yilning 10 yanvarida ETTB O’zbekistonda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun majburiy garovni bekor qildi. Bu esa, ikki tomonlama hamkorlikning yanada ishonchli tusga kirganidan xabar beradi. 2002 yilning yakunida ETTB Prezidenti Jan Lemerani yurtimizga rasmiy tashrifi ETTB va O’zbekiston o’rtasida 2003 yil 4 martdan strategik hamkorlik boshlanishiga sabab bo’ldi. ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar O’zbekistonda asosan paxta va neftni qayta ishlash, qurilish, tekstil va tog’kon sanoati, temir yo’l transporti, bank sektori va qimmatbaxo qog’ozlar bozori sohalariga yo’naltirilgan. Bundan tashqari bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, turizm va energetikani rivojlanishida faol ishtirok etmoqda.
ETTB ning 60 mln dollar qiymatidagi birinchi kredit liniyani kichik biznesni qo’llab quvvatlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki orqali amalga oshirildi. Ushbu kredit liniyasi orqali umumiy qiymati 96,47 mln dollarlik 21 ta loyixa 1996 yil nihoyasiga etdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi omillardan biri, bozorda sog’lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2002 yilning 7 – 9 avgust kunlari Evropa tiklanish taraqqiyot banki, Jaxon tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari va telekommunikatsiya sohasidagi qonunchilik xolati bo’yicha “aylana stol” tashkil etildi.
1995 – 1996 yillarda bevosita ETTB ishtiroki bilan O’zbekistonda “O’zbeklizing Interneyshnl” lizing kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu loyihaga ETTB 0,9 mln.dollar kompaniya ustav kapitalining 15 % ni yo’naltirdi. ETTB Yaponiya xukumati bilan kelishgan holda O’zbekistonda BAS dasturini amalga oshirdi. Dastur maqsadi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sertifikatlashtirish va tashqi bozorga olib chiqishdan iborat. Bu dastur bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 10 ta davlatda amal qilib, eksport korxonalarining sertifikatlashtirish bilan bog’liq 50 % harajatlarini qoplaydi. Osiy taraqqiyot banki (OTB)ning asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishda ko’maklashish, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan iqlim o’zgarishi bilan bog’liq masalalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966 yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda kata moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega 67 ta davlat, jumladan, Osiyo – Tinch okeani mintaqasining 48 ta, Evropaning sanoati rivojlangan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanada va AQSh mazkur bankning a’zolari hisoblanadi. Bank rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikka oid loyihalarni moliyalashtirish hamda ushbu sohalarda texnik ko’mak berish bilan birga aholining milliy salohiyati va turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, puxta o’ylangan ijtimoiy – iqtisodiy siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatishga alohida e’tibor qaratmoqda.
OTBning O’zbekiston bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Mamlakatimiz 1995 yildan buyon ushbu yirik xalqaro moliya tashkilotining teng huquqli a’zosidir.
1996 yildan OTB ning loyixalari O’zbekiston xududida transport, energetika, suv ta’minoti, moliya va ta’lim sohalarida amal qilmoqda. Bugungi kunga qadar OTB tomonidan ajratilagn 1,29 mlrd dollar qiymatidagi qarz mablag’lar va 40,83 mln dollar grant mablag’i texnik yordam dasturi doirasida amal qilmoqda.67 Ushbu resurslarning 27 % qishloq xo’jaligi, 23 % ta’lim, 21 % transport va 15 % suv ta’minotida o’zlashtirilmoqda. Bozor munosabatlarida mikromoliyalash tizimini rivojlantirish muxim rivojlanish omil bo’lib hisoblanadi. Shu maqsadda 2008 yildan O’zbekistonda OTB ning ikki bosqichli loyihasi amal qila boshladi.
Loyihaga asosan ushbu sohani rivojlantirish uchun 2008 yilda 137,4 mln dollar, 2009 yilda 125,9 mln dollar ajratildi. Shu bilan birga, qiymati 300 million AQSh dollarlik “Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi” 2009 yildan amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shunday loyihani amalga oshirish doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar o’tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.
OTB Boshqaruvchilar kengashining 43 – yillik majlisida OTB Prezidenti Xaruxiko Kuroda va Jaxon bojxona tashkilotini bosh kotibi Kunio Mikuriya tomonidan Osiyo – Tinch okeani xududida strategik hamkorlikni ta’minlash maqsadida memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi xalqaro savdoni rivojlantirishdan iborat.
Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O’zbekiston rahbariyatiga OTBning Toshkentdagi forumi yuksak saviyada tashkil qilingani va uni o’tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko’rilgani hamda tadbirning samarali o’tishiga yordam bergani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. OTB Boshqaruvchilar kengashining bu yilgi majlisida Osiyo – Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozidan samarali chiqishi va inqirozdan keyingi rivojlanishi bilan bog’liq qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan dolzarb masalalar ko’rib chiqildi.
Shu maqsadda mintaqaning iqtisodiy barqarorligini oshirish, uning global iqtisodiy boshqaruvga, mintaqaviy integratsiyani kengaytirishga hissa qo’shishi uchun zarur choralarni ko’rish lozimligi hamda bu jarayonlar OTB tomonidan bundan keyin ham qo’llab – quvvatlanishi ta’kidlandi. OTB tomonidan ishlab chiqilgan "Strategiya – 2020" aynan ushbu masalalarni hal etishga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga bevosita daxldor bo’lgan iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish va quyosh energiyasidan yanada keng foydalanish majlisda ko’rib chiqilgan muhim masalalar sirasidandir. OTBning O’zbekistondagi eng yirik loyihalaridan biri kredit uyushmalarini faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, bugungi kunda OTBning ushbu loyihasi natijasida 100 ta kredit uyushmasi depozitida 88 mln AQSh dollarga va 107 mln AQSh dollar kredit portfeliga ega bo’lgan 141000 ta a’zoni birlashtirdi. Bu esa o’z navbatida milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Asosiy adabiyotlar

  1. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiqtisodiyot» T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti 2004, 125-134 b.b.

  2. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/ Pod redaktsiey

  1. Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 227-257 s. s.

  2. Saidova G., Shadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «Sharq» 2003, 49-51 s.s.

  3. ** Самуэльсон П., Нордхаус У. «Экономика».15-е изд.., М.,1997. с.75.

  4. http://fayllar.org

Yüklə 22,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin