Iqtisodiyot fanidan



Yüklə 481,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix05.04.2023
ölçüsü481,02 Kb.
#93409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
iqtisod atoyev

 
1-chizma 
Germaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi. Uning asosiy 
bo’g’ini yuqori universallashgan tijorat banklari hisoblanadi. Germaniya 
gros (yirik) banklari tashqi savdoning 60% to’lovini o’tkazib beradi. 


13 
1.2 Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati 
Mijozlar bankdan kredit olishda ko’p hollarda qo'shimcha ta'minot 
taqdim qilinishi talabi bilan duch keladi. Masalan, mol-mulkni garovga qo’yish 
yoki kafil berish. Kredit ta’minoti o’zi nima, u nega zarur va nima ta’minot 
sifatida qabul qilinishi mumkin, batafsilroq aytib beramiz. 
Kredit ta’minoti: bu nima va u nega kerak? 
Banklar turli mahsulotlardan daromad oladilar, ularning eng daromadlisi 
esa bu kreditlardir. Berilgan pulning qaytarilishini ta'minlash maqsadida banklar 
turli xil choralarni qo'llashlari mumkin: qarz oluvchini diqqat bilan tekshirish, 
to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish, faqat ma'lum toifadagi 
mijozlar bilan ishlash va hokazo. Ammo risklarni minimallashtirish uchun 
kreditor kredit garovi ko'rinishidagi qo'shimcha kafolatlardan ham foydalanishi 
mumkin, bu esa kreditni to'lamay qolish ehtimolini sezilarli darajada 
kamaytiradi. 
Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish 
mexanizmlaridan biri. Darhaqiqat, bu bankka qarz oluvchi moliyaviy 
muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham olingan mablag'larni foizlar bilan 
qaytarishiga ishonch hosil qiladigan kafolatdir. U asosan mijoz katta miqdordagi 
kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi shubhali bo'lsa (yomon kredit 
tarixi) qo'llaniladi. 
Kreditlarni ta'minlash qarz oluvchiga ham bir qancha imkoniyatlarni beradi: 
kattaroq miqdorda kredit olish imkoniyati; 
kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish
so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi. 
Ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi: Banklar garov, kafolatlar, 
kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning 
qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi. 


14 
Har bir bank majburiyatlarni bajarish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va 
ularni shartnomada belgilab qo’yadi. Agar shartnoma majburiyatlari buzilgan 
bo'lsa, kreditor qo’shimcha foiz hisoblash, shuningdek o’zining undirish 
huquqidan foydalanishi mumkin - mol-mulkni sotish, kompensatsiya talab 
qilish, kafilni javobgarlikka tortish va h.k. 
Kredit ta'minotining asosiy shakllari 
Mijozning toifasiga (jismoniy yoki yuridik shaxs) qarab, bank kredit 
operatsiyalarini amalga oshirishda qo'shimcha kafolatlar olishning turli 
shakllarini qo'llashi mumkin. Bank mahsulotlari ta’minotining barcha shakllarini 
ikki turga bo'lish mumkin: 
asosiy shakllari: garovga qo'yiladigan mol-mulk, jismoniy yoki yuridik 
shaxsning kafilligi, sug'urta; qo'shimcha shakllar : bank kafolati, bank depoziti. 
Garov shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishning eng samarali usullaridan 
biri bo'lib, banklarda eng ko'p qo'llaniladigan ta'minoti turi hisoblanadi. 
Kreditlashning ayrim turlari (ipoteka va avtokreditlar) uchun garov 
shartnomasini rasmiylashtirish majburiy talab hisoblanadi. 
Hujjatlarda garovga qo'yilgan mol-mulkning tavsifi, uning baholash qiymati, 
tomonlarning huquqlari va shartnoma muddati davomida ushbu mulkdan 
foydalanish tartibi belgilanishi shart. Kredit shartnomasi amalda davri 
mobaynida qarz oluvchi uni to'liq tasarruf eta olmaydi, deyarli barcha 
operatsiyalar faqat qarz beruvchi (garovga oluvchi) bilan kelishilgan holda 
amalga oshiriladi. 
Qarz oluvchilar uchun qanday imtiyozlar mavjud? Bu garovning qiymatiga 
bog'liq. Agar ipoteka yoki ko'chmas mulk bilan ta'minlangan kredit haqida 
gapiradigan bo'lsak, unda mijoz pastroq foiz stavkalari, uzoqroq to'lov muddati 
yoki kattaroq miqdorda kredit olishi mumkin yoki bu buzilgan kredit tarixi bilan 
kredit olish imkonini beradi. 


15 

Yüklə 481,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin