3
Mavzu:
Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
M U N D A R I J A :
Kirish……………………………………………………………..….……. 4
1-bob
Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
1.1. Kredit Mohiyati va zarurligi………………………………….6
1.2. Kredit tizimi, uning tuzilishi…………………….………….. 10
1.3. Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati........ ………13
2-bob. Kreditlash .
2.1. Aloqabank kredit liniyalari va kredit tamoyili ………………17
2.2. Aloqabank kredit liniyalari stavka va shartlari………………...19
2.3. Kreditlash
Tamoyilari
...............................................................27
Xulosa………..…...………………………………………..….…
..35
adabiyotlar ro’yxati………………………………..……………....39
axborot manbalari……..……………..……………...………….…40
4
KIRISH
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi,
kredit va bank tizimining
takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
kredit va banklar o’quv dasturi asosida yaratilgan bo’lib, ushbu
yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga oladi. Bu
darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga
taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq
mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus
bo’limi – pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy
munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy
nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda
tadqiqot qilish asosida yaratilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish
qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank
operatsiyalarining olib
borilishi va valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z
ifodasini topgan
Jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala
jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda
taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona,
tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida
vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank
tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va
banklarning tarkibi va
ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va
sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik
tizimida
ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor
5
munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq
qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning
yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida
qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq
jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining
ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida
davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu
tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini
takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul
muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini
tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi
muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va
tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l
qo’ymaslik mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma)
ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab
chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash
uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?