Iqtisodiyot jarayonida moliyaning rivojlanishi


Savol tu\iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi



Yüklə 28,02 Kb.
səhifə5/7
tarix13.04.2023
ölçüsü28,02 Kb.
#97540
1   2   3   4   5   6   7
IQTISODIYOT JARAYONIDA MOLIYANING RIVOJLANISHI

Savol tu\iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi.
Albatta bunda makrodarajada yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy instrumentlar: meyorlar, stavkalar, ta’riflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va jam\armalari hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi- bu obektiv amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasining obyekti bo‘lib xo‘jalik sub’ktlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘tkazuvchi subyektlar nuqtai nazaridan moliyaviy nazorat qo‘yidagi turlarga ajratiladi:
Moliyaning boshqa qiymat kategoriyalari: pul, kredit, mehnatga to‘lovlar fondi, baho va boshqalardan farkli tomoni uni davlatlarni amal qilishi bilan bevosita bo\likligi hisoblanadi.
2. Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har kaysi sohalar pul mabla\lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimining asosiy funksiyalari qo‘yidagilardan iboratdir:

  1. Rejalashtirish funksiyasi.

  2. Tashkillashtirish funksiyasi.

  3. Ra\batlantirish funksiyasi.

  4. Nazorat

Moliya tizimining bu\inlarga ajratilishi har kaysi bu\inlarning vazifalaridan kelib chiqadi. Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bu\inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liqdir.
Hozirgi sharoitda ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan moliya tizimining muhim bu\inlaridan biri sifatida aholi moliyasini alohida ko‘rib utadilar. Ularning fikrlariga ko‘ra YAIMni taqsimlanishi jarayonida aholi iqtisodiy subyekt sifatida katnashadi va yirik miyosida pul jam\armalariga ega bo‘ladi. Bunday jam\armalar hozirgi sharoitda nafaqat bank tizimi uchun muhim moliyaviy biznes balki iqtisodiyotdagi yalpi investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan biriga aylanmokda.
Umumdavlat moliyasi korxonalar moliyasi bilan bevosita bo\liqdir. Chunki bir tomondan budjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek korxonalar mikyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafaqat korxonalarning xususiy mabla\lari hisobiga balki qarz mabla\lari hisobiga ham amalga oshiriladi. Chunonchi, bunday mabla\lar tarkibida budjet mabla\lari ham mavjuddir.
Budjet davlat moliyasini asosiy bo‘\ini hisoblanadi. Chunki budjet orqali YAIMning taxminan 30-35%i qayta taqsimlanadi. Davlat budjet orqali yirik miqdordagi pul mabla\lariga ega bo‘ladi. Bunday pul mabla\lari orqali davlat o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda budjet asosiy rol o‘ynaydi. 2002 yilda umumiy budjet harajatlarining 40,27% i ijtimoiy madaniy tadbirlarga yunaltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek aholini ijtimoiy ximoya qilish tadbirlari uchun jami budjet harajatlarining 7,495%i sarflanishi rejalashtirilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar budjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Aksariyat iqtisodchilar tomonidan su\urta munosabatlari moliya tizimining asosiy bu\inlari sifatida ko‘rib utiladi.
Su\urta munosabatlari- unda katnashuvchi subyektlar o‘rtasidagi xo‘jalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi extimolli zararlarni koplash yoki su\urta holatlarini sodir bo‘lishi okibatlari bilan bo\lik uy xo‘jaliklari yuqotishlarini tenglashtirish uchun muljallangan su\urta fondiga maqsadli badallar hisobiga alohida pul fondlarini shakllantirish bo‘yicha qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidir.
Su\urtaning qo‘yidagi turlari mavjud:

        1. Ijtimoiy su\urta

        2. Mulkiy su\urta.

        3. Shaxsiy su\urta.

        4. Javobgarlik su\urtasi.

        5. Tavakkalchilik su\urtasi.



Ijtimoiy su\urta munosabatlarining obyekti- fukarolarning daromadlari hisoblanadi. Shaxsiy su\urtada- fukarolarning xayoti, so\ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy su\urta yirikrok tarmoqda birlashtirilishi mumkin ya’ni uy xo‘jaligi daromadlarini su\urtalash. Javobgarlik su\urtasida obyekt sifatida su\urtalanuvchining mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish, kreditorlar qarzlarini qaytarish va boshqalar hisoblanadi. Tavakkalchilik su\urtasi yoki tadbirkorlik xatarlari su\urtasida foyda olinmaslik va qurilishi mumkin bo‘ladigan zarar hisoblanadi.

Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin