O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI «IQTISODIYOT» KAFEDRASI
Kirish Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari oldiga muhim vazifalar qo‘yilmoqda. Ayni paytda, banklarda risklarni boshqarishni samarali tashkil etish va bank tizimini barqarorligini oshirish va unga nisbatan aholi ishonchini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan ham bank tizimini yanada isloh qilishda risklarni boshqarishni takomillashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Har qanday xojalik yurituvchu subyekt faoliyatining pirovard maqsadi albatta minimal xarajat (yoqotishlar) evaziga maksimal daromad topish hisoblanadi. Kutilayotgan natijaga erishishda malum tosqinliklar, xavf-xatar, qaror qabul qilishda ikkilanishlar bo`lishi tabiiy albatta. Bu esa iqtisodiy tashkilotlar faoliyati risklar bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Shunday ekan, tijorat banklari faoliyati ham o‘z navbatida turli risklar bilan bog‘liqdir. Korxona va tijorat banklarni bir - birlari bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish vaqtida vujudga keladigan risklar uning darajasi muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli tijorat banklari biron-bir subyekt bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishdan oldin eng avvalo bu subyekt faoliyatidagi riskli holatlarni o‘rganishga intiladi. Shunga qaramay, yuqori daromad ilinjida keragidan ortiq riskni o‘z zimmasiga olish, spekulyativ amaliyotlatdan keng foydalanish nafaqat alohida bank, balki butun bank tizimi barqarorligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Songgi yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “2017- 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasi“ va 2017 yilning 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari togrisida”gi Farmoni, hamda 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-3272-sonli Prezident qarori banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda bazaviy asos yaratdi. Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentiing 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantiirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori qabul qilindi. Yuqorida keltirilgan meyoriy hujjatlar O’zbekiston banklarining moliyaviy barqarorligini davomiy bolishiga xizmat Qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ 1438-sonli Qaroriga muvofiq, banklarda risk-menejment tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qilish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatilari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan zaxiralarini yaratish, kapital yetarliliga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutgan Bazel qo‘mitasining yangi takliflarini bank nazorati tizimiga joriy qilish belgilangan. Shu o‘rinda bank tizimida risk tushunchasining paydo bo‘lishi, uning mazmuni va mohiyati bir qancha iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilinganligini e’tirof etish lozim.
Risk tushunchasiga iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil tarif berilgan, jumladan, xorijlik iqtisodchi V.Dal «risk» so‘zini tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, «riskovat» tushunchasini esa tavakkal qilish, biror ishni to‘g‘ri mo‘ljallab ko‘rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o‘zini urmoq deb izohlaydi. Rossiyalik iqtisodchi S.Ojegovning fikricha, «risk» so‘zini sodir etilishi mumkin bo‘lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo‘l urmoq, «riskovat» so‘zini esa xavf-xatardan qo‘rqmay ish qilmoqdir. Yana bir iqtisodchi Ushakov «risk» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi bo‘lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimolini tushunadi. Bank tizimida risklarni paydo bo‘lishi sabablari va ularni samarali boshqarish borasida bir qator o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarimiz ham samarali tadqiqotlar olib borganlar. Ular orasida, «Bank risklari va ularni kreditlash» mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan va shu mavzu doirasida monografiya chop etgan i.f.d., prof. Sh.Abdullayeva «risk» terminini ma’nosini tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq deb, «riskovat» atamasini esa xavf ostida qoldirishga jur’at etmoq deb talqin qiladi Yuqorida keltirilgan ta’riflar “risk”atamasining mazmunini yoritib berganini umumlashtirgan holda, fikrimizcha, risk-malum bir kozlangan marraga erishishda kutilayotgan natijadan salbiy oqibat kuzatilishi xavfidan iborat deb qaralishi lozim deb hisoblaymiz. Ya’ni, riskni berilgan kredit bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshmasligi natijasida bank foydasining kamayishi, yoki berilgan kafolat xatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga to‘g‘ri kelishi va shu bilan bir qatorda bankning resurs ba’zasining kamayishiga olib keluvchi holat deb qaralishi lozim.