Respublikamizning eng yirik va universal banklaridan biri – “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki mijozlarga nafaqat milliy valyutadagi hisob-kitob va boshqa xizmatlarni amalga oshirishni, balki faoliyatingizni yanada kengaytirishi uchun xorijiy valyutadagi xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan bir qator bank xizmatlaridan foydalanishni taklif etib kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar va banklar bilan hisob-kitoblarni dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshirish;
Barcha dokumentar operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan: o akkreditivlarni ochish va ular bo’yicha hisob-kitoblarni yuritish o eksport akkreditivlarni qabul qilish va ularni benefitsiarga yetkazish:
akkreditivlarni zarur hollarda tasdiqlab berish;
akkreditiv bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish: eksport akkreditivlari bo’yicha qabul qilingan hujjatlarni tasdiqlovchi yoki xabar beruvchi banklarga yuborish
trattalarni qabul qilish; o inkasso va dokumentar inkassolarni qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish, ular bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish;
Kafolat xatlarini berish, qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish;
Yuridik shaxslar uchun milliy valyutadagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va konvertatsiya qilish.
Tashqi savdo shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni hisobga olish, import operatsiyalarining pasportlarini rasmiylashtirish va eksport operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblar to'g'risidagi guvohnoma berish.
3.4. Depozit sertifikatlari
ATB "Xalqbank" yuridik shaxslarni milliy valyutada bo'sh pul mablag'larini depozitga qabul qilishshartlari. Bankka joylashtirilgan depozit miqdori cheklanmagan bo'lib, shartnoma imzolanishidan oldin talab va taklifdan kelib chiqqan xolda belgilanadi. Bankka joylashtiriladigan depozit va unga xisoblanadigan foizlar belgilangan muddatlarda to'lanilishi kafolatlanadi.
Bankning depozit sertifikati — bankka qo'yilgan depozit summasini hamda o'rnatilgan muddat tugagandan so'ng depozit summasi va sertifikatda ko'rsatilgan foizlarning sertifikat egasiga to'lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikat bo'yicha foizlar xar oy to'lanadi. Depozit sertifikat muddatidan oldin ham to'lanishi mumkin. Bunda muddatidan avval to'lovni talab qilingan sertifikat bo'yicha to'lanadigan depozit summasi va foizlari depozit sertifikat chiqarish shartlariga ko'ra, sertifikat bankka taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi. Bank o'z mijozlariga pul mablag'larini bankning daromadli qimmatli qog'ozlariga — depozit sertifikatlariga joylashtirishni taklif etadi.