Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Mavzu 13: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə49/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Mavzu 13: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi
Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi, ya’ni iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi - ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.
Tovarga davlat tomonidan maksimal narx o’rnatilsa, ya’ni
(muvozanat narx)
Iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
,
bu erda, - iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishi
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng: , bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Ortiqchaliklarning umumiy o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o’zgarishi i/ch ni qo’shamiz.
Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko’tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin.
Ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o’sishiga olib keladi. Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo’qotish bozor narxida o’z ifodasini topmasa, Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to’g’risida axborotning to’liq bo’lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo’qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo’yicha to’g’ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig’ida tovar to’g’risida to’liq axborot bo’lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo’lishini ta’minlaydi va muvozanat holatda iste’molchilar o’z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo’lgan eng past narxda qondiradi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: .

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin