Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə64/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Mikroiqtisodiyot

10. Agar tadbirkor bir kunda 20 ta stol yoki 60 ta stul yasash imkoniga ega bo’lsa, quyidagi variantlardan qaysi birini u 1 oy (30 kun)da ishlab chiqarish imkoniga ega emas?
a)300 ta stol va 900 ta stul;
b) 400 ta stol va 350 ta stul;
v) 550 ta stol va 100 ta stul;
g)530 ta stol va 250 ta stul;
d) 190 ta stol va 1200 ta stul.

Mavzu 3: Talab va taklif tahlili asoslari
1. Jahon bug’doy bozorida bozor o’zining muvozanat holatiga yaqin holatda. Bug’doyga talab chiziqli bo’lib, 2000 mln. kg.ni tashkil qiladi. Bir kg. bug’doyning narxi 500 so’m. Bug’doy narxiga bog’liq talab elastikligi koeffitsenti -1.5, taklif elastikligi esa +0.8 ni tashkil qiladi. Tabiiy iqlim sharoitining o’zgarishi natijasida taklif hajmi 20% ga qisqardi.
A)Bug’doyning muvozanat parametrlari aniqlansin.
V)Fermerlarning o’zgargan daromadlari hisoblansin.
2. Agar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish imkoni bo’lsa mahsulot narxi 10% ga ortsa umumiy tushum hajmi 8% ni tashkil qilishi mumkinmi?
3. Bozordagi go’shtga talab funktsiyasi quyidagicha: SD=25 000-20P go’sht narxi qanday oraliqda bo’lganda talab elastiklik bo’ladi?
4. Taklif funktsiyalari berilgan:
Tovar taklifi qaysi narxdan boshlab elastik bo’ladi?
5. SHakar bozori muvozanat holatga yaqin. Har kuni 360 tonna shakar P=1500 so’m narxda sotiladi. SHakar narxi 20 foizga oshsa, taklif 15 foizga oshadi. SHakarning chiziqli taklif funktsiyasi aniqlansin.
6. “Qora marvarid” vinosiga bo’lgan taklif va talab chiziqli. 2008- yilda 1 shisha vino 3600 so’m bo’lganda, unga bo’lgan bir kunlik muvozanat talab 20000 shishani tashkil qildi. Narx bo’yicha talab elastikligi -1,5 va narx bo’yicha taklif elastikligi 0,6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida “Qora marvarid” vinosiga bo’lgan talab 20 foizga qisqardi.
Aniqlansin:
a) “Qora marvarid” sotish qanchaga qisqargan?
b) “Qora marvarid” vinosi sotuvchilarining daromadlari qanchaga kamaygan?
7. A tovarning talab funktsiyasi berilgan:
Bu erda: PAA tovar narxi,
PB – B tovar narxi.
Agar PA10 so’m va PB 50 so’m bo’lsa. A tovarga bo’lgan talabni B tovar narxiga ko’ra kesishgan talab elastikligi aniqlansin.
8. Mahsulotining narxi 10%ga ko’tarilganda firmaning pul tushumi 32%ga oshdi. Agar barcha taklif qilingan tovarlarni sotish imkoni bor degan shart qo’yilsa, u holda nuqtaviy taklif elastiklik koeffitsentini hisoblang.
9. Sigaret mahsulotiga bo’lgan taklif funktsiyasi quyidagi tenglama orqali berilgan:
Muvozanat narx PE = 1000 so’mga teng. Har bir sigaret qutisiga 100 so’m soliq belgilandi. Agar talabni narxga ko’ra elastikligi – 2 ga teng bo’lsa, sigaret bozorining muvozanat parametrlari va talab funktsiyasi (chiziqli) aniqlansin. Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi zimmasiga to’g’ri keladigan miqdori hamda “jamiyatning yo’qotishi” topilsin.
10. Biron tovarga taklif funktsiyasi SS= -4+2P, talab funktsiyasi esa SD=14-2P ko’rinishda berilgan. Davlat tomonidan soliq qo’yilgandan keyin muvozanat hajm 2 birlikni tashkil etdi. Davlat tomonidan qancha soliq qo’yilgan va jamiyatning sof yo’qotishini toping?
11. O’zbekiston sovun bozoridagi “Yangi yo’l” sovuniga talab funktsiyasi SD=1700-2P, taklif esa SS=-100+P ko’rinishida berilgan. Soliq stavkasi qanday qilib qo’yilsa umumiy olinadigan soliq tushumi maksimal bo’ladi?

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin