Iqtisodiyot kafedrasi
1-rasm1 Hududlar kesimida 2008-2018 yilgacha O‘rmon yong‘inlari to‘g‘risida ma’lumot. 1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bir-biriga ta‘siri. 2.Zoogen-hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilishi, changlatishi, tarqatish va hokazo). 3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug‘larning ta‘siri. III.Antropogen omil - insonning xo‘jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo. 2-jadval. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etish umumiy qonuniyatlari Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Har bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta’sir etish chegarali bo’ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladi. ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo’lar ekan. Minimum va maksimum chegarali kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo’ladi. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri- old qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga steno- old qo’shimchasini qo’shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. Masalan, cho’lda o’suvchi sho’raklar tuproqning sho’rligiga, qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish sho’raklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Hatto bir xil sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o’xshash bo’lgan turlar ozmi-ko’pmi miqdorda o’zining ekologik imkoniyatiga ega bo’ladi. Izen va teresken o’simliklari qurg’oqchil va issiq sharoitga moslashgan turlar hisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan qurg’oqchilikka ham, yuqori haroratga ham biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi. Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga ham turlicha ta’sir etadi. Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari, optimal zonasi ham to’g’ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning ta’siri boshqa omillarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning o’zaro ta’sir etish. qonuniyati deyiladi. Organizmning normal hayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha shartsharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri etarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 ming ga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy bolar, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning yagona boshqa ko’rinishlari ham mavjud. Davlat qo’riqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona hududidagi barcha narsalar va maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi. D F G H Y 63 Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u erdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib relef shakllari, to jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari, ochilib qolgan minerallar, ajoyib or, buloq, geyzer va kanallar, o’simliklar va hayvonot dunyosi) tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy saqlanadi. Natijada, kelajak avlod shahar qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga o’rmonlari va tog’ ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi. Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3 ga. Milliy tabiat bog’lari ma’lum maqsadlar uchun foydalanishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Hududni muhofaza qilish va foydalanish o’ziga xos rejimga asoslanadi. Milliy tabiat bog’lari bioxilma-xillikni saqlash va tabiatdan foydalanishning oqilonaligi va nazoratliligiga tayanadi. Respublikada 3 ta milliy tabiat bog’ mavjud. Tabiat buyurtmalari respublika va mahalliy toifalarga bo’linadi. Davlat tabiat buyurtmalari xo’jalik yuritishdan to’liq ajratilmaydi, biroq hududdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan tartibni saqlashlari lozim. Buyurtmalar doimiy bo’lmasligi mumkin. Ular alohida hayvon va o’simlik turlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Respublikada mavjud 11 ta buyurtmaning umumiy maydoni – 1716200 ga. Ularning tashkil etilish muddati cheksiz, ma’lum muddatli – 5 va undan ko’p yoki 5 yildan kam muddatli bo’lishi mumkin. Tabiat yodgorliklari yerdan foydalanuvchilardan olinmagan holda tashkil etiladi. Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish o’sha hududdagi tashkilot zimmasida bo’ladi. Tabiat yodgorliklari tabiiy holda vujudga kelgan ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob tabiat ob’ektlaridir. Ular joylashgan hudud ishlab chiqarish ixtiyorida bo’lsada, yodgorliklarni saqlashga bo’lgan har qanday xatar ta’qiqlanadi. Respublikada bunday tabiat yodgorliklari ko’p. Ularning umumiy maydoni uncha katta emas – 3381,5 ga. O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari. Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’riqxonalar, milliy tabiat bog’lari, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari quyidagicha tasniflanadi. 3-rasm2 Ekologoyani muhofaza qiluvchi qo’riqxonalar 4-rasm3 Milliy va tabiat bog’lar Qo’riqxonalar atrof-muhitni muhofaza qilish ishida alohida ahamiyatga ega bo’lib, landshaftlarni, tabiat yodgorliklarini, o’simlik va hayvonot dunyosini, tuproqlarni muhofaza qilishda, ularni ilmiy jihatdan o’rganishda, ko’paytirishda, o’simlik va hayvonlar naslini saqlashda alohida rol ynaydi. Yüklə 218,09 Kb. Dostları ilə paylaş: |