Iqtisodiyot nazariyaSI” fanida keltirilgan atamalarning glossariysi iqtisodiyot



Yüklə 33,45 Kb.
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü33,45 Kb.
#207182
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyot nazariyaSI

Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o‘z iste'moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport – iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma'lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha Iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.



Yüklə 33,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin