Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‘zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi– ijtimoiy–Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat - Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan Iqtisodiy miqdorlar yoki Iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - jamiyat extiyojlari bilan mavjud Iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish xajmining o‘zaro mos kelishi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo‘lgan miqdori.
Inflyasion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori.
Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag‘batlantirish – insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida taqdirlashdir.
Ma'naviy rag‘batlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.