Iqtisodiyot nazariyaSI” fanida keltirilgan atamalarning glossariysi iqtisodiyot



Yüklə 33,45 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü33,45 Kb.
#207182
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyot nazariyaSI

Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a'zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.
Ilm-ma'rifat salohiyati- ilm-ma'rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati- jamiyatdagi mashina –mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat- tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan va texnikaning muttasil ravishda va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishidir.
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barљaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Emmigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari - Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta'riflari o‘rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To‘lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta'minlanadi.

Yüklə 33,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin