Iqtisodiyot nazariyasi fanidan



Yüklə 222,46 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü222,46 Kb.
#166712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Raqobatning turli modellarida narxning shakllan

TC

Chekli
MC

0

50

0

-

400

-

-400

10

50

500

50

500

10

0

20

50

1000

50

700

20

300

30

50

1500

50

1200

50

300

40

50

2000

50

1800

60

200

50

50

2500

50

2500

70

0

Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bo‘lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat ko‘rsatmasin, u o‘z kuchini saqlab qoladi.


Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bo‘lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bo‘lsa - ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo‘ladi.
Raqobatlashuvchi firmaning muvozanat holati. Biz ko‘rgan edikki, raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma ta’sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning chekli daromadi narxga teng, ya’ni . Demak, raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo‘lsin:
.
Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma qisqa muddatli oraliqda xarajatlari bilan daromadlarini taqqoslagan holda foydani maksimallashtirishda chekli mahsulot va ishlab chiqarishni to‘xtatish qoidasiga amal qiladi.
Chekli mahsulot qoidasiga ko‘ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatning tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
Ishlab chiqarishni to‘xtatish qoidasiga ko‘ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo‘lsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan kichik bo‘lsa , firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi).
Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar ushbu qoidalar o‘z kuchini saqlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining o‘sishi, o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda, uning o‘rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun o‘zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o‘sadi. Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmaydi.
Firmaning iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatida nolga teng. Lekin, bu firma umuman foyda olmaydi degani emas, aslida firma o‘zining qo‘ygan (qo‘shgan) kapitaliga ko‘ra real normal foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ xarajatni ham hisobga oladi, ya’ni firma egasining o‘z kapitalini boshqa bir sohaga qo‘yish natijasida oladigan foyda. Shuning uchun ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlari o‘z ichiga normal foydani (tarmoq bo‘yicha o‘rtacha foydani) oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol degani, u o‘z kapitalini boshqa sohaga qo‘yganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi, demak uning alternativ xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya’ni musbat bo‘lsa, u o‘z kapitalini ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda beradigan tarmoqqa qo‘ygan bo‘lar edi.
Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o‘rtacha xarajati narxga teng bo‘lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o‘z ishini (normal foyda olgani uchun) to‘xtatmaydi.
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo‘lgani uchun va tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendensiyasiga ega.
Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko‘p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko‘rishi ham mumkin.


Yüklə 222,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin