1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
PUL AGREGATLARI - pul guruhlari. Pul muammosini muqobil o’lchovchi hisoblanadi. Hozirda quyidagi pul agregatlari farqlanadi.
M1 - pullar - unga naqd pullar (metall va qog’oz pullar) chekli qo’yilmalar, gohida kredit kartochkalari kiradi.
M2 - pullar - una M1 cheksiz jamg’arma hisoblaridagi qo’yilmalar qisqa muddatli qo’yilmalar kiradi.
MZ - pullar - unga M2+ muddatli yirik qo’yilmalar kiradi.
PUL BOZORI - pul taklifi va unga bo’lgan talab foiz stavkasi darajasi bilan aniqlanadigan bozor. Pulga talab xo’jalik faoliyati uchun zarur pulga ehtiyojdir. Uning shakllanishini asosiy ikkita sababi mavjud: a) insonlarga har doim tovar va xizmatlarni sotib olish uchun, korxonalarga esa resurslar olish uchun pul zarur bo’ladi; b) insonlar o’zlarining pullarini har xil (aksiya, obligatsiya va h. k.) shaklda saqlaydilar, demak, aktivlar tomonidan pulga talab bo’ladi.