PUL MULTIPLIКATORI – ortiqcha zahirani bir qismi, undan tijorat banklari muomaladagi pul massasini va yangi zayomlarni (yoki qimmatli qog’ozlarni sotib olish) taqdim etish yo’li bilan muddatsiz omonatlarni oshirish uchun foydalanishi mumkin.
1
PM = –––––––––––––––––––––
majburiy zahira me’yori
PUL MUOMALASI QONUNI- bozor iqtisodiyoti xo’jaligining obyektiv iqtisodiy qonuni. Muomaladagi pul miqdori pul muomalasi konuniga ko’ra boshqariladi, ya’ni tovarlar muomalasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) muayyan davrda sotilishi lozim bo’lgan tovarlar bahosining qiymatiga, chunki tovarlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularni sotilishi uchun shunchalik ko’p pul zarur bo’ladi; b) bir pul birligining aylanish tezligiga, chunki ayni pul birligi qiymati ayirboshlashga ko’proq yoki ozroq xizmat qilishi mumkin; v) to’lov vositasi vazifasida foydalanishga,chunki nasiyaga sotilgan tovarlarning haqi boshqa vaqtda to’lanadi, shunga ko’ra zarur pul birligi miqdori kamayadi va bir tomondan boshqa tovarlarni to’lov vaqti boshlanadi.