1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
INDEКSATSIYA QILISh - majburiyatlar bo’yicha to’lovlarning narh-navo ko’rsatkichi bilan o’zaro nisbatini belgilash pul talabnomalari va turli daromadlarning haqiqiy miqdorini inflyatsiya sharoitida saqlab qolish.
INFLYATSIYA (lot. shishish, ko’pchish, ko’tarilish) - mamlakatda muomalada yurgan qog’oz pul miqdorining xo’jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Кredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya - sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narh-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo’lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo’lishi oqibatidagi chiqimlarning o’sishi ta’sirida narh-navoning o’sishini yuzaga keltiradi.
INКASSO - xalqaro savdodagi hisob-kitoblar shakllaridan biri. Unga muvofiq bank o’z mijozining topshirig’iga ko’ra jo’natilgan tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’larini haq to’lovchidan oladi hamda bu mablag’larni o’z mijozining bankdagi hisob-raqamiga o’tkazadi.