BANК ZAXIRA ME’YORI - tijorat banki ega bo’lishi kerak bo’lgan majburiy zaxira miqdori va u tomonidan muddatsiz omonatlar bo’yicha majburiyatlar o’rtasidagi nisbat.
Zaxira me’yori = 100%
BANК ZAXIRALARI - banklar xavfsizliklarini, ta’minlash maqsadida o’zlarida saqlaydigan omonatlar miqdorining bir qismi, banklar omonatlarini hamma miqdorini qarzga bera olmaydilar, chunki omonat egalari ularni har qanday vaqtda qaytarib olishlari mumkin. Shuning uchun banklar o’zlarining to’lash qobiliyatlarini ta’minlash, bankrot bo’lib qolmasliklari uchun bank zaxirasini shakllantiradilar.
BANК КREDITI- banklar tomonidan ish yurituvchilarga pul ssudasi shaklida beriladigan kredit. U qisqa muddatli (odatda bir yil muddatga), o’rtacha muddatli (besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yildan ko’proq muddatli) bo’ladi.