1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
BANК OPERASIYALARI - banklarni o’z maqsadlariga erishish va harakat qilishi vositalari. Ular aktiv va passiv operasiyalarga bo’linadi, shuningdek, banklar har xil turdagi xizmatlarni ham ko’rsatadi (faktoring, lizing, konsalting, trast va h.k.).
BANК TIZIMI - biror bir davlatda mavjud bo’lgan va amal qilib turgan banklarning barchasi tushuniladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi bank tizimi o’z ichiga: 1. Markaziy bank. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 3. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat va davlat banklari majmuidan iborat bo’lgan 31 ta bankni o’z ichiga oladi. 4. Ulush, qo’shish, hissadorlik hamda xorijiy kapitallar ishtiroki asosida tashkil topgan qo’shma banklar, kooperativ va xususiy banklardan iborat.