ZAHIRALAR - bankdagi omonatlarning qat’iy belgilab qo’yilgan qismi, undan kredit berish mumkin emas (qarang, valyuta zahirasi, kapital, zahirasi).
КREDIT - (lot. qarz) pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama foiz to’lab qaytarish sharti bilan ma’lum muddatga qarz berish. Кreditning tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo’lib, ular ishtirokchilarning turi, kreditlash obyekti, foiz o’lchami va foydalanish sohasiga ko’ra farqlanadi. Tijorat krediti, ishlab chiqarishda va savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o’zaro bir-birlariga sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar to’lovini belgilangan muddatda amalga oshiradilar. Bunda, asosan, qarzdorlik kredit pullari, ya’ni veksel, banknot, chek va kredit kartochkalari bank vositachiligida rasmiylashtiriladi. Bank krediti pul mablag’larini ssudaga berishdan iborat bo’lib, 3 xil muddatli bo’ladi. Qisqa, o’rta va uzoq muddatli.
КREDIT TIZIMI- pul resurslarini tarkib toptiruvchi o’zida jamlovchi va ma’lum muddatda qaytarib berish va haq to’lash shartlari asosida ularni qarzga beruvchi kredit muassasalarini majmuasi. Unga a) bank tizimi (markaziy bank, tijorat va ixtisoslashgan banklar); b) maxsus kredit muassasalari, ya’ni sug’urta kompaniyalari, nafaqa fondlari, investision kompaniyalar, moliya kompaniya va shu kabilar kiradi.