1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
ARZON PULLAR SIYOSATI - mamlakatda pul miqdorini oshirish siyosati, u mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlari to’liq foydalanilmayotgan va ishsizlik miqdorini oshishi sharoitida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu siyosat kreditni arzon, uni olishni esa oson qilib, pul taklifini oshishiga sharoit yaratadi. Buning uchun esa bank va aholidan ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish, zahira me’yorini va hisob stavkasini pasaytirishdan foydalanadi. Pul taklifini oshirish foiz stavkasini pasaytiradi, investisiyalarni ko’payishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada jonlanishiga sharoit yaratadi.