Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 119,01 Kb.
səhifə125/179
tarix02.01.2022
ölçüsü119,01 Kb.
#43428
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179
1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t

TALAB INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi sababli talabni taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarni ko’tarilishi. Talab inflyatsiyasining asosiy sababi aholini ish bilan to’liq bandligi, ish haqini oshib borishi hisoblanadi, Talab inflyatsiyasini ayrim hollarda quyidagi ibora bilan tushuntiriladi, «juda ko’p pullar, juda oz miqdordagi tovarlarni ovlaydilar».

TAКLIF INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borishi natijasida narxning ko’tarilishi. Taklifni qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni o’sishidir. Xarajatlarni o’sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyani ikki shakli mavjud: a) ish haqini o’sish inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to’lanadigan ish haqi va daromadlarga mutanosib bo’lishi shart, agarda u buziladigan bo’lsa jami taklif kamayadi, narx ko’tariladi; b) taklif mexanizmini buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda birdaniga xom-ashyo va energiyalar narxlarini ko’tarilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va 1979-1980 yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxini keskin ko’tarilishi.

OUКEN QONUNI - iqtisodiy faollik va ishsizlik o’rtasida miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi. Agarda aslidagi ishsizlik darajasi uning tabiiy darajasidan 1% oshsa, unda YaMM orqada qolishi 2,5% tashkil etadi. Masalan, ishsizlikni tabiiy darajasi 6% sharoitida ishsizlik darajasi 9,5%. Unda 9,5- 6,0= 3,5%; 3,52,5=8,75%. Ishsizlikni ko’payishi natijasida YaMMni orqada qolishi 8,75% tashkil etdi yoki ishsizlik tabiiy darajadan past bo’lmaganda YaMM aslidagiga nisbatan 8,75% ko’p bo’lar edi. Shu qonunga muvofiq YaMMni hajmi har yili 2,7% ortishi ishsizlikni doimiy darajada ushlab turishga imkon beradi. YaMMni 2% ortishi ishsizlar sonini 1% kamaytiradi.


Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin