ERКIN SAVDO ZONALARI - mamlakatning soliq to’lashda maxsus imtiyoz tartibi amal qiladigan alohida hudud. Unga kiritilgan tovarlar boj to’lovidan ozod etiladi. Hozir jahonda 500 dan ortiq erkin savdo zonalari mavjud.
EMIGRASIYA - iqtisodiy, siyosiy yoki shaxsiy sabablarga ko’ra xorijiy mamlakatga vaqtinchalik yoki uzoq davr ishlash uchun insonlarni ko’chib o’tishi.
YEVROPA HAMJAMIYATI - tarkibiga G’arbiy Yevropa regional tashkilotlaridan 3 tasi, ya’ni Yevropa iqtisodiy uyushmasi (EIU), Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi hamda Evroatom kirgan G’arbiy Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi bo’lib, 1957 yilda tashkil topgan.
NISBIY USTUNLIК - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni muqobil qiymati boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan past bo’lganda yuzaga kelgan holat. Erkin savdo taqqoslash xarajatlar qoidasiga asoslanganligi sabab jahon iqtisodiyoti resurslarini samarali joylashtirish va farovonlikni yuqori darajasiga yerishish imkoniyatiga egadir.