9-mavzu. Jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiya
ISh КUChI MIGRASIYASI - ishchilarning boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chib yashashi va joyini o’zgartirishi. Ish kuchi migratsiyasi aholini yangi joyga doimiy, uzoq yoki qisqa muddatga ko’chirishdan iborat. Bir hududda ish kuchiga talabning ortishi tufayli mavsumiy migratsiya ham vujudga keladi.
IQTISODIY INTEGRATSIYA - bir nechta mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan o’zaro birikishi yoki bir-biriga yaqinlashishi. Bundan maqsad mamlakatlar milliy xo’jaliklarning yagona xo’jalik mexanizmini barpo etish.
КVOTA - davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklashlarni joriy etilishi. Кvota o’rnatish xalqaro bitimlarga binoan amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarga ko’ra ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o’rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin.