OLTIN-VALYUTA ZAHIRALARI – markaziy bankdagi oltin va chet el valyutalarining rasmiy zaxirasi.
MILLIY VALYUTA - muayyan mamlakat pul birligi. Mamlakatda yakka muomala quvvati va konvyertlanganlik holatiga ko’ra tashqi savdo va xalqaro hisob-kitob ishlarida qo’llaniladi.
MILLIY VALYUTANI QADRSIZLANIShI -xorijiy valyutalarni sotib olishga oldingiga nisbatan ko’proq milliy valyuta birliklari zarurligini bildiradi.
JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozorida ishtirok etish uchun mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish kerak. Jahon bozori: tovarlar, xizmatlar, valyuta, investisiya, ilmiy ishlanmalar bozorlaridan iborat.