JAHON VALYUTA TIZIMI - xalqaro pul-kredit munosabati bo’lib, jahon bozorining rivojlanishi natijasida tarkib topgan va davlatlar o’rtasida tuzilgan bitimlar bilan mustahkamlangan. Jahon valyuta tizimining asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: zaxiradagi milliy va jahon valyuta birliklari, valyutalarning oltin nisbati hamda kurslari mexanizmi, o’zaro qaytarilish sharti, cheklanish hajmi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tarkibi, valyuta munosabatlarini boshqaradigan davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi va boshqalar.
3 ta jahon valyuta tizimi mavjud: a) XIX asr oxirida - oltin va kumush andozasi asosida yuzaga kelgan tizim;
b) oltin andozasi asosida yuzaga kelgan tizim. Bu tizim 1944 yili AQSh va Brutton-Vuds konferensiyalarida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan.
v) 1971 yilda AQSh o’zining dollarini oltinning rasmiy bahosi bo’yicha almashtirib olishdan bosh tortdi va uzoq yillar davom etgan oltinning jahon bozoridagi bahosiga ko’ra belgilanadigan valyuta fondi tizimi puturdan ketdi. 1976 yilda «Xalqaro valyuta fondi a’zolari» bo’lgan davlatlarning kelishuvlariga muvofiq «Tebranib turuvchi boshqariladigai valyuta kursi tizimi» belgilandi. Unga ko’ra XVF ga a’zo bo’lgan davlatlar o’z valyuta kurslarini mustaqil tanlab olish huquqiga ega.
JAHON PULI - xalqaro miqyosda umumiy xarid, to’lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo’lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis markasi, yapon ieni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |