IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI - mahsulot tayyorlash uchun qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat shakli mahsulot tannarhini o’zida aks ettiradi. Кorxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to’lovi, qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlarga xom ashyo, yoqilg’i, energiya, ish haqiga qilingan sarf-xarajatlar kiradi.
IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI INFLYATSIYASI -ish vaqti va xom ashyoga narhlarni ko’tarilishi natijasida jami taklifni qisqarishi asosida yuzaga keladigan inflyatsiya, bunda ishlab chiqarishni real hajmi va bandlik darajasi pasayadi.