1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
QIYMAT QONUNI - tovar ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv iqtisodiy qonundir. Unga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash, ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Ijtimoiy degan ibora, avvalo, shuni bildiradiki, tovar qiymatining miqdori yoki bu ishlab chiqarishning o’ziga alohida qilgan mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari (IZMS) bilan o’lchanadi. IZMS ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahoratining va intensivligining o’rtacha darajada biroq iste’mol qiymatini ishlab, tayyorlash uchun talab kilinadigan ish vaqti mehnati sarflaridir. Qiymat qonuni bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan iqtisodiy qonunlardan biridir. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talabi, ishlab chiqaruvchi kam mehnat sarflab, ko’p va sifatli mol ishlab chiqargandagina, ya’ni kishilarning talab va ehtiyojlarini to’liq qondirgandagina foyda ko’rib ishlashi mumkin, aks holda u sinadi. Qiymat qonuni uchta muhim vazifalarni bajaradi: 1) ijtimoiy mehnatni hisobga olish va tartibga solish; 2) vaqtni tejashni rag’batlantirish; 3) tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirish.