INFRASTRUКTURA(lot. quyi tuzilish) - turli-tuman korxonalarning xo’jalik yuritishi, aholining ishlashi, yashashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga xizmat qiladigan sohalar majmui. Ishlab chiqarish infrastrukturasiga: transport aloqasi, elektr tarmoqlari, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar kiradi.
IJTIMOIY YO’NALTIRILGAN BOZOR IQTISODIYOTI -bozor iqtisodiyotining modeli, uning asosini kuchli ijtimoiy siyosatni olib borish tashkil etadi, bu ishni davlat amalga oshirishi lozim. Birinchi marta iqtisodchi L. Erhard tomonidan asoslangan.